Yo’ldosh erta ko’chishi sabablari va davolash sirlari

Yo’ldosh erta ko’chishi sabablari va davolash sirlari

Yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chishi – homila dunyoga kelishidan oldinroq bachadon devoridan yo’ldosh erta ko’chishidir. Yo’ldosh ko’chishi kuzatilganda homilador ayolda og’riq, qon ketishi, bachadon mushaklari taranglashishi, homilada kuzatiladigan ayrim o’zgarishlar yuzaga chiqadi. Patologik holat bemorning shikoyatlari, qin orqali tekshiruv hamda UTT yordamida aniqlanadi.
Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishini bartaraf etishda
spazmolitik, qon ketishini to’xtatuvchi va boshqa ba’zi guruh
preparatlaridan foydalaniladi. Ayrim holatlarda esa operativ davo
muolajasi ham o’tkazilishi mumkin.

Yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chishi homilador ayol va homila hayoti uchun xavf tug’diradigan patologik holat hisoblanadi. Akusherlik-ginekologiya sohasida yo’ldoshning normal joylashgan holatida muddatidan avval ko’chishi hamda yo’ldoshning bachadon bo’yniga yaqin holda joylashganda muddatidan erta ko’chishi farqlanadi. Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi homiladorlik vaqtida yoki tug’ruq jarayonida ro’y berishi mumkin. Bunday holat homiladorlarning 0,4-1,4 foizida kuzatiladi.
Homiladorlik vaqtida yo’ldoshga bachadon mushaklari tonusi,
yo’ldosh suyuqligi bosim ko’rsatadi. Normada bunday bosimga
yo’ldoshning o’ziga xos tuzilganligi, uning elastikligi, hamda
yo’ldoshning bachadon mushaklari kam qisqaradigan sohaga
yopishganligi sababli yo’ldosh mustahkam joylashadi. Aynan shuning
uchun ham yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi kuzatilmaydi.

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi sabablari

Zamonaviy tibbiyotda yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishining
asosiy sababi vaskulopatiya bilan bog’liq deb hisoblaydi, yaʼni
bachadon hamda yo’ldosh orasidagi qon aylanishining buzilishi. Qon
tomirlar bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklarga ayollarda uchraydigan
ayrim kasalliklar sabab bo’ladi (piyelonefrit,
gipertonik
kasallik, ortiqcha vazn, qandli
diabet, toksikoz
va gestoz holatlari).
Vaskulopatiya holatida qon tomirlar o’tkazuvchanligi oshib ketadi,
qon tomir devori noziklashadi va yorilishga moyil bo’ladi, bu esa
yo’ldoshda ko’plab infarktlar hamda trombozlarga sabab bo’ladi.
Yo’ldosh va bachadon devoridagi bog’liqlik buzilishi retroplasentar
gematomalar hosil bo’lishiga olib keladi va bu ham yo’ldoshning
bachadondan ko’chishini yanada osonlashtiradi.
Yana bir nazariyaga asosan yo’ldoshning muddatidan erta
ko’chishiga sabab bachadon hamda yo’ldosh o’rtasidagi bog’liqlik
mustahkam bo’lmasligi ayol organizmida kechadigan surunkali
yallig’lanish, degenerativ jarayonlar natijasida kelib chiqadi.
Masalan, endometrit,
endoservitsit, bachadon miomasi, bachadon anatomik anomaliyalari.
Yo’ldoshning erta ko’chishi ehtimolini oshiruvchi omillarga qorin
sohasida jarohatlar, ko’p homilali
homiladorlik, homila ichi suyuqligi hajmi ko’pligi, zararli
odatlar, autoimmun kasalliklar (TQY) kabilar kiradi. Ayrim holatlarda
yo’ldosh erta ko’chishiga homilador ayol qabul qiladigan dori
preparatlar ham sabab bo’ladi.

Yo’ldoshning erta ko’chishi turlari

Yo’ldoshning bachadonga yopishgan sohasining ko’chishiga qarab
total (to’liq) yoki qisman ko’chish farqlanadi. Total yo’ldoshning
muddatidan avval ko’chishi homila va ona organizmi o’rtasida gaz
almashinuvi buzilishi natijasida homilaning o’limi bilan yakunlanadi.
Yo’ldoshning qisman ko’chishi progressiyalanuvchi yoki
progressiyalanmaydigan bo’lishi mumkin.
Progressiyalanmaydigan yo’ldosh ko’chishida bachadondan ajralgan
yo’ldosh o’rtasida gematoma hosil bo’ladi va yo’ldosh ham homila ham
saqlanib qoladi. Progressiyalanuvchi yo’ldosh ko’chishida esa
gematoma o’lchami kattalashadi, yo’ldoshning ko’chishi davom etadi va
homiladorlik tabiiy ravishda to’xtashi mumkin.
Yo’ldoshning ko’chish qismiga qarab periferik va markaziy bo’lishi
mumkin. Markaziy yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishida tashqi qon
ketish kuzatilmaydi. Periferik yo’ldosh ko’chishida esa tashqi jinsiy
yo’llardan qon ketishini kuzatish mumkin.
Ichki qon ketish natijasida qon miometriy qavatiga kirib boradi,
natijada bachadon nerv-mushak tizimida bog’lanish uziladi, bu esa
bachadon mushaklari tonusi yo’qolishiga sabab bo’ladi. Og’ir
holatlarda qon homila ichi suyuqligi yoki qorin bo’shlig’iga ketib
qolishi mumkin.

Yo’ldosh erta ko’chishi simptomlari

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishida kuchli og’riq, qon
ketishi, bachadonning zo’riqishi, homila gipoksiyasi va yurak
tizimida muammolar kelib chiqishi kabi simptomlar kuzatiladi. Qon
ketishi tashqi yoki aralash (tashqi va ichki) bo’lishi mumkin. Qon
rangi to’q qizili rangda yoki yangi qon qizg’ish rangda bo’ladi.
Ketgan qon hajmini aniqlash biroz murakkab, ayolning umumiy ahvoli
puls, arterial bosimi, Hb ko’rsatkichi va boshqalar yordamida ketgan
qon hajmi belgilanadi.
Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishida hamma vaqt kuchli og’riq
va bachadon mushaklarining zo’riqishi kuzatiladi. Og’riq to’mtoq ,
xurujsimon, bel, son yoki oyoqning oldingi yuzasiga tarqaluvchi,
mahalliy yoki tarqoq bo’lishi mumkin. Palpatsiya qilib ko’rilganda
bachadon devori qattiqlashgan va kuchli qo’zg’algan holatda
aniqlanadi.
Yo’ldoshning muddatidan erta ko’chishida homila hayot ko’rsatkichi
ko’chib ketgan yo’ldoshning maydoniga bog’liq, masalan yo’ldoshning ¼
qismi ko’chsa homilada gipoksiya, 1/3 qismi ko’chsa og’ir darajali
gipoksiya, ½ qismi ko’chadigan bo’lsa homilaning nobud bo’lishi
kuzatiladi.
Klinik kechishi bo’yicha yengil, o’rta va og’ir darajada
yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi farqlanadi. Yengil darajada
yo’ldoshning ko’chishi deyarli hech qanday belgilar namoyon etmaydi,
patologik holat rejali ravishda olib boriladigan UTT tekshiruvida
yoki tug’ruqdan so’ng yo’ldoshni ko’zdan kechirganda aniqlanadi.
O’rta darajada qorinda kuchsiz og’riq, jinsiy yo’llardan kam
miqdorda qon kelishi bilan namoyon bo’ladi. Palpatsiyada bachadon
sohasida og’riq hamda bachadon devorining qattiqlashganligi
aniqlanadi. Auskultatsiyada homila yurak qon aylanish doirasida
muammo borligi aniqlanadi, bu esa gipoksiyadan darak beradi.
Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi og’ir darajasida qorinda
to’satdan kuchli og’riq paydo bo’ladi, umumiy holsizlik, bosh
aylanishi, baʼzida hushdan ketish, teri rangparligi, taxikardiya va
qon bosimining pasayishi ro’y beradi. Jinsiy yo’llardan to’q rangli
qon keladi. Bachadonning qattiqlashuvi va assimetriyasi kuzatiladi.
Homila yurak urishi auskultatsiyada aniqlanmaydi.

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishini
aniqlash

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishini aniqlashda og’riq
sindromi, qon ketishi, gemodinamikadagi o’zgarishlar, homilaning
gipoksik o’zgarishi kabi holatlar inobatga olinadi. Ginekologik
tekshiruvda bachadon gipertonusi, assimetriyasi va og’riqli sohalari
aniqlanadi. UTT tekshiruvida esa yo’ldoshning ko’chgan qismi aniq
ko’rinadi. Bachadon yo’ldosh qon aylanishi doplerografiyasida
trasplantar gemodinamika buzilishi qayd etiladi. Homilada gipoksiya
darajasini aniqlash uchun kardiotokografiya
yoki fonokardiografiya
tekshiruvi o’tkaziladi.

Yo’ldosh ko’chishi holatini davolash

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishida tibbiy yordam ko’rsatish
uchun qon ketishi, homilador ayolning umumiy ahvoli va homilaning
hayotiy ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur. Yo’ldosh ko’chish
ehtimoli bo’lgan ayollar ginekologiya bo’limiga qabul qilinadi.
Yo’ldoshning qisman, progressiyalanmaydigan ko’chishida (homila
yoshi 36 haftalik bo’lsa) yotoq tartibi, spazmolitik preparatlar, qon
ko’paytiruvchi vositalar buyuriladi. Davo muolajalari davomida
koagulogramma, UTT dinamikada tekshiruv va doplerografiya
tekshiruvidan o’tib turish talab etiladi. Progressiyalanuvchi
yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi qayd etiladigan bo’lsa,
muddatidan avval tug’ruq jarayoni o’tkazish rejalashtiriladi, bunda
jinsiy yo’llar amniotomiya usulida tug’ruqqa tayyorlanadi.
O’rta va og’ir darajadagi yo’ldoshning muddatidan avval
ko’chishida operativ usul bilan tug’ruq amaliyoti bajariladi. Bunday
holatda kesarcha kesish amaliyoti homiladorlik muddati va homilaning
yashovchanlik qobiliyatidan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
Operatsiya yo’li bilan yo’ldosh to’liq ajratib olingach bachadonning
umumiy ahvoli ko’zdan kechiriladi, agar jiddiy o’zgarishlar
kuzatiladigan bo’lsa gisterektomiyaga ko’rsatma bo’ladi.
Har qanday holatda ham bemorga qon ko’paytiruvchi preparatlar,
shokka qarshi chora tadbirlar, anemiyani bartaraf etish va qon
ivishini normallashtirish uchun invuzion va transfuzion terapiya olib
boriladi. Tug’ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish maqsadida
uterotonik preparatlar buyuriladi (oksitosin, prostaglandin,
metilergometrin).

Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi oqibati
va profilaktikasi

Yengil darajadagi progressiyalanmaydigan yo’ldoshning muddatidan
avval ko’chishi oqibati ijobiy. O’rta va og’ir darajadagi
yo’ldoshning muddatidan avval ko’chishi homilador ayol va homila
hayotiga xavf tug’diradi. Og’ir holatlarda homila ona qornida nobud
bo’lishi mumkin. Ayol uchun esa eng xavfli holat bu shok va DVS
sindromi rivojlanishidir.
Yo’ldoshning muddatidan avval ko’chmasligi uchun ayoldagi umumiy
va ginekologik kasalliklarni o’z vaqtida davolash, toksikoz
holatlarini bartaraf etish kerak bo’ladi.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlik kasallik hisoblanmasligini hamma biladi. Shunga qaramay homiladorlik vaqtida har qanday ayol o’z tanasining qaysidir sohasida og’riq yoki diskomfort holatlariga shikoyat qiladi. Ko’pincha og’riq va shunga o’xshash holatlar xavfsiz...

Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?

Kontraseptivlar – homiladorlikning oldini olish uchun qoʻllaniladigan vositalar. Kontrasepsiya vositalarini qoʻllashdan maqsad homiladorlikni rejalashtirish, ayol sogʻligʻini saqlab qolish, jinsiy hayotdan toʻla qoniqib yashashdir....

Bachadon boʻyni eroziyasi sabablari va davolash sirlari

Bachadon boʻyni eroziyasi – bachadon boʻynining qin tarafga qaragan kirish qismi yassi epiteliylarining zararlanishi. Koʻpincha endoservitsit va jinsiy aʼzolarning boshqa kasalliklari, ayol organizmidagi gormonal oʻzgarishlar natijasida rivojlanadi....

Homiladorlikda qon ketishi sabablari va davolash sirlari

Homiladorlikda qon ketishi – homilador ayol organizmida homiladorlik muddatidan qatʼiy nazar roʻy berishi mumkin boʻlgan patologik holat. Tabiiy abort, bachadondan tashqari homiladorlik, rezus omil toʻgʻri kelmasligi va boshqa holatlarda yuzaga...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...



Fikr qo'shish

Наверх