Uzoq umr ko’rish siri, aniq tavsiya va maslahatlar

Uzoq umr ko’rish siri, aniq tavsiya va maslahatlar

Odamzod ginetik jihatdan 150 yil yashashi mumkin. Lekin turli faktorlar sabab inson u qadar uzoq umr ko’rmaydi. Ana shu faktorlarni hisobga olib, uzoq umr ko’rgan insonlar hayotini o’rganib chiqib, ba’zi bir xulosalar chiqargan holda, uzoq, sog’lom umr ko’rmoqchi bo’lganlar uchun 9 ta bebaho maslahat tavsiya qilinadi. Unga rioya qilsangiz, hayotingizni birmuncha uzaytirish mumkin bo’ladi.

Uzoq umr ko’rish uchun maslahatlar

1. Ortiqcha ovqat yemang.

Agar siz og’ir jismoniy ish qilgan taqdiringizda ham shu qoidaga amal qiling.
2. Optimist bo’ling.

Hayotga optimistik nigoh bilan qarovchi insonlar nafaqat uzoq umr ko’rishadi, balki to’laqonli hayot kechirishadi.
3. Nafaqaga chiqishga shoshilmang.
Ishlagan odam o’zining yoshidan o’rtacha 5 yosh kichik ko’rinadi. Ayrim sohalar salomatlikni saqlab qolishga yordam beradi.
4. Do’stlaringiz ko’p bo’lsin.
Do’stlarning ko’pligi stressning oldini olishdagi muhim omillardan biridir. YAqin do’stlar yuzaga kelgan muammolarning oldini olishda, uni bartaraf etishda ko’maklashishadi, ruhiy madad berishadi.
5. SHirin, gazli suvni kamroq iste’mol qiling.
Agar kuniga kamida bir stakan gazli suv ichadigan bo’lsangiz, qandli diabet, ortiqcha vazn, depressiya, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo’ladi.
6. Ko’proq piyoda yuring.
Agar kuniga 30 daqiqa davomida piyoda yursangiz, bu ishni bajarmaydiganlardan ko’ra to’rt barobar ko’proq umr ko’rish imkoniyatingiz mavjud bo’ladi. Bu sizga juda jo’n ko’rinsa ham, aslida piyoda yurish sog’likni saqlashda eng muhim omillardan biridir.
7. Salqin xonada uxlang.
17-18 gradus harorat ostida uxlaydigan odamlar uzoq vaqt yosh ko’rinadilar, chunki modda almashinuvi va yosh bilan bog’liq o’zgarishlarda atrof-muhit harorati muhim rolÑŒ o’ynaydi.
8. Sog’lom insonlar bilan muloqotda bo’ling.
Har doim sog’lom va baxtli insonlar davrasida bo’lishga intiling, shunda siz ham ular kabi baxtli va sog’lom bo’lasiz!
9. G’azablansangiz ichingizga yutmasdan uni chiqarib tashlashga harakat qiling.
Ma’lumotlarga ko’ra, 64 foiz rak (saraton) kasaliga uchraydigan insonlar g’azabini ichlariga yutar ekanlar.
10. Aqlingizni ko’proq ishlating.
Krossvord, skanvord echish, o’qish, chet tillarini o’rganish, hisoblash, shaxmat o’ynash miya faoliyatini kuchaytiribgina qolmay, yurak-qon aylanishi, modda almashinuv jarayonini faolashtiradi.
Bundan tashqari uzoq umr ko’rish uchun ushbu tavsiyalarni ham yodda saqlang.

Uzoq umr ko’rish uchun tavsiyalar

— muntazam jismoniy mehnat bilan shug’ullanish;
— har kuni ma’lum vaqt bog’ va tomorqada ishlash;
— imkon qadar ko’proq piyoda yurish. Jumladan, keksayganda ham kuniga kamida ikki chaqirim masofani piyoda bosib o’tishga harakat qilish;
— spirtli ichimliklar ichmaslik, tamaki mahsulotlari chekmaslik;
— asabiylashmaslik, muammo va mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish, stressli holatlarga tushib qolmaslikka intilish;
— qayta ishlangan, xususan, qaynatilgan, qovurilgan, tuzlangan, konservalangan taomlarni iloji boricha kamroq iste’mol qilish;
— ko’proq yangi uzilgan va tabiiy meva-sabzavotlar, ko’katlar yeyish;
— taomnomada go’sht mahsulotlari imkon qadar kam bo’lishiga erishish;
— tana talab qilganicha uxlash;
— sevimli mashg’ulotga ega bo’lish;
— tund, qo’rs va qo’pol kishilar bilan muloqotda bo’lmaslik;
— hech qachon qarilikni bo’yinga olmaslik



O'hshash ma'lumotlar

Ovqat allergiyasi sabablari va davolash sirlari

Oziq-ovqat allergiyasi – organizmning ba’zi mahsulotlar tarkibiga kiruvchi komponentlarga immun reaksiyasi. Odatda bolalar, xususan emizikli go‘daklar bu xastalikdan aziyat chekadi. Kattalarda ovqat allergiyasi kamroq uchraydi. Allergiyaning xatarli...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Inson haqida 100 ta qisqa va qiziqarli faktlar

1. Tananing qon bilan ta'minlanmagan yagona qismi - bu ko'zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi....

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх