Alisher Navoiy kashf etgan zamonaviy 5 texnologiya
Bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy «Kashf qilgan» 5 ta zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.
Televizor — “Farhod va Shirin” dostonida “jomi Jamshid” haqida gap boradi. U to‘rt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan bo‘lib, insonga xohlagan odamini istagan vaqtda ko‘rsata olgan.
Eskalator — “Sab’ai sayyor” dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘ysa, zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi.
Olovga qarshi maxsus yog‘ — Dostonda Farhod uchun yana bir mushkul vazifa – og‘zidan o‘t sochuvchi dahshatli dev Ahrimanni yengish edi. Donishmand Suhaylo butun umri davomida tog‘dagi giyohlardan olovga qarshi yog‘ yig‘adi. Farhod Ahriman bilan jangga chiqishidan avval o‘zining va otining tanasiga ana shu yog‘ni suradi. Natijada olov unga ta’sir qilmaydi. Bugungi kunda biz filmlarda yonayotgan holatda yugurayotgan aktyorlarni ko‘ramiz. Aktyorlar tanasiga maxsus yog‘ surib olishgani uchun ularga olov hech qanday ta’sir qilmaydi.
Teleskop — Fanda teleskop XVII asrda Galileo Galiley tomonidan kashf etilgan. Navoiy dostonida esa u – yerdan osmonni kuzatuvchi qurilma emas, osmondan yerni kuzatuvchi qurilma – nuj sifatida tasvirlangan.
Robotlar — Farhod Yunonistonga safar qilganda u yengishi kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning o‘rtasida eng kuchlisining ko‘ksida ko‘zgu bo‘lib, Farhod yoyi bilan ana shu ko‘zguni nishonga olishi kerak. Agar u nishonga to‘g‘ri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuztasi ham u bilan birga yiqiladi.
Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...
Vaksinatsiya (emlash) – bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga...
1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...
OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...