Amir Temur — dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini. 9-aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
1 — Amir Temur o’zi o’tkazgan janglarning birontasida ham, mag’lub bo’lmagan.
2 — Temuriylar imperiyasi, insoniyat tarixida maydoni bo’yicha 26-o’rinda turadigan imperiya sanaladi.
3 — Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.
4 — Turg‘un Fаyziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishichа, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzаnd ko‘rmagan. Ammo Sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzo, suyukli nabirаlari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo vа boshqa mirzolarni Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan.
5 — Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
6 — Amir Temur Markaziy Osiyo tarixidagi qudratli, o’rta asrlarda esa, mintaqadagi eng yirik imperiyaga asos solgan.
7 — Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
8 — 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9 — 1405 yil 8 fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi XalilSulton Mirzo (1384-1411) o‘tirdi.
10 — 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
Amir Temur ordeni 1996 yilda ta’sis etilgan
11 — Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
13 — Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
14 — U asos solgan davlat Markaziy Osiyo mintaqasida rasmiy nom olgan so’nggi imperiyadir.
15 — Amir Temur zabt etishga muvaffaq bo’lgan hududlar umumiy maydoni 4.6 million kilometr kvadratga tengdir.
16 — 1941-yil 20-iyunda Amir Temur qabri ochiladi vа ikki kun o‘tgach Germaniyа SSSRga hujum qilаdi. Shundan so‘ng, odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli urush boshlandi, degan gap so‘zlar tаrqaladi. Lekin fаshistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejаsini ancha oldin tuzib qo‘ygan edi. Ikkinchi Jahon urushining boshlanishini Amir Temur qаbrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan. Temur qаbridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan, degan tаxminlar hаm bor.
17 — Amir Temurning 1395 yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.
18 — Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
19 — Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish — Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
20 — Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
22 — Amir Temurning «Tarjimai hol»ida aytilishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Yaratgan, tafakkur, qilich, iymon va kitob (bitik)dir.
Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan
23 — Tarixchi Sarafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» kitobida yozilishicha, Amir Temur hatto Moskvani ham bo’ysindirgan.
24 — Forslar Amir Temurni oyog‘idagi nuqsoniga ishora bilan “Temurlang” deb atashgan. Shunday qilib G‘arbda ham u “Tamberleyn”, ya‘ni “Oqsoq Temur” nomi bilan tanilgan.
25 — 1402 – yil Anqara jangida qilgan g’alabasi tufayli Yevropa haloskori ta’rifiga sazovor bo’ladi.
26 — Ming yillik tarixga ega Samarqanddagi obidalarning aksari, Amir Temurning avlodlari tomonidan qurilgan.
27 — Amir Temur 6 asr hukm surgan Usmoniylar imperiyasiga yurish qilib, toru-mor qilgan yagona Markaziy Osiyo vakilidir.
28 — 1405-yilning 18-fevralida Sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot etgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo o‘tiradi. Ibn Arabshohning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408-yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan.
29 — Amir Temur ko’plab manbalarda keltirilganidek Keshda tug’ilmagan. U aslida Kesh yaqinidagi Ho’ja Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan.
30 — Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.
31 — 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
32 — Amir Temurning to‘liq ismi — Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
33 — Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.