7 MO‘JIZA: Bobil osma bog‘lari haqida nimalarni bilishingiz kerak

7 MO‘JIZA: Bobil osma bog‘lari haqida nimalarni bilishingiz kerak

Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av . taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog‘lari tog‘ga ayvon usulida qurilgan.

Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o‘sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo‘lib, o‘zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo‘lgan. Osma bog‘lar ustun qilib yuqoriga ko‘tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o‘sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug‘orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo‘ylaridan osma bog‘larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.

Bu bog‘lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari— Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo‘lgan. Samoviy bog‘laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog‘lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o‘z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan.

Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g‘isht terilgan, so‘ng qo‘rg‘oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko‘r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo‘ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o‘tqazilib, go‘zal bog‘lar yaratilgan.

Bu bog‘larni sug‘orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko‘tarib beradigan, charm idishlar o‘rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog‘lar shu darajada go‘zal ediki, uni yetti iqlimda uo‘q«bog‘i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog‘larni ko‘ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog‘lar o‘rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar

Daraxtlar tabiatning ajralmas bo‘lagi, zaminning nafas tizimidir. O‘rtacha bir daraxt o‘rtacha bir oilaning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Demak bitta daraxtni qulatish bir oilani toza havodan mahrum qilmoq demakdir. Bugun e’tiboringizga...

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх