Qanday qilib har oyning birinchi jumasida pul ishlash mumkin!?
Ushbu savolga javobni maqolani ohirigacha o‘qib chiqib bilib olishingiz mumkin.
Mana bugun forex olamida eng katta yangilik «Non-Farm Payrolls» va «Unemployment Rate» chiqdi. Har jumani barcha dunyo traderlari kutib yashaydi chunki ushbu haftada trend yo‘nalishi ma’lum bo‘ladi. Boshqacha qilib aytsak agar bozorda beqarorlik bo‘lsa shu kuni bozorni tartibga soladi.
Afsuski barcha ilk boshlang‘ich traderlar aynan shu kuni juda katta minusga kirishadi bunga sabab nima o‘ylab ko‘rganmisiz. Kelin shu haqda suhbatlashsak
Nonfarm payrolls – Bu AQSh tomonidan har oyning birinchi jumasida chop etiluvchi statistika bo‘lib. Oy davomida qishloq xo‘jaligiga ta’luqli bo‘lmagan sohalarda yangi ishchi joylarini hosil bo‘lish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Toshkent vaqti bilan yozda Juma kuni soat 17:30da ma’lum bo‘ladi.
Unemployment Rate – AQSh bo‘yicha ishsizlik darajasi, bu yangiliklar vir vaqtda chop etiladi
Ushbu maqola qaysidir jihatdan strategiyaga o‘hshab ketadi, lekin men buni bozorni tushunish yoki MarketMaker(bozorda asosiy ishtirokchilar) fikrlashini tushunishga harakat qilish deb atasam ma’qul bo‘ladi deb o‘ylayman.
Savdo M1 time frameda olib boriladi, para ko‘proq eur/usd va hech qanday indicator ishlatilmaydi, chunki har qanday indicator samarasiz. Faqatgina Volumedan tashqari
Volume – bu siz ishlayotgan brokerda ochilgan savdolar hajmini ko‘rsatuvchi indikator
Bizda mavjud grafikga qarab psixologicheskiy urevin deb ataluvchi narxlar ya’ni nol bilan tugovchi narxlarga chiziqlar chizib olamiz misol: 1.4200, 1.4175, 1.4150 m1ga o‘tamiz va yangilik chiqishini kutamiz yangilik ikkalasi ham yaxshi chiqdi yashil rangda
Non-Farm: 117K, Unemployment: 9.1% bizda esa 2ta reja mavjud. Demak bizning birinchi reja bo‘yicha
1. narx pastga ketish kerak chunki dollarning kuchi oshdi, tabiyki yevroning kuchi kamayadi. Agar bizning hisob bo‘yicha bo‘lsa volume ham yuqori bo‘lish kerak lekin bizda teskari chiqdi
2. ya’ni narx tepaga ketdi lekin hech qanday volume o‘sish yo‘q bu degani. Market Makerlar barchani yuqoriga ya’ni sotib olish buyrug‘ini olib, pastga ketishga hozirlik ko‘rishmoqchi va shunday ham bo‘lib chiqdi.
Keyingi svechadan ko‘rinib turibtiki volume juda oshishni boshladi va biz ham sotishga tushdik.Sizni ishontirib aytamanki uchinchi rejani o‘zi bo‘lishi mumkin emas.
Endi esa StopLoss(zararni cheklash) TakeProfit(foydani olish) haqida gaplashsak.
Yuqorida chizgan chiziqlar bizlarga foydani olish va zararni belgilash bo‘lib hizmat qiladi.
Demak stoploss: 1.4225 takeprofit: 1.4150 tahminan 50punktcha belgilaymiz, qolgani bizga kerak emas natijani ko‘rib turibsizki barcha alo darajada ishladi. Faqatgina o‘z depositingizga qarab lotni belgilasangiz kifoya men butun 1 lot bilan kirib 59punkt oldim.
Agar keyingi holatni bilmoqchi bo‘lsangiz bizning order(savdo) Toshkent vaqti bilan 17:40da yopildi undan keyingi holat esa quyida berilgan, ochlik qilib olmasak, shundan ham quruq qolish mumkin edi.
Kop Malumot uchun forexuz.com Forex Uzbekistonda Forex v Tashkente degan joylarini oqib chiqin.. saytiga o‘tib registratsiyadan o‘ting.
Agar ushbu maqola sizga yoqgan bo‘lsa o‘z izohlaringizni qoldirishingiz mumkin. Hammaga omad!