Sut qaynatayotganda qozoningga bitta qoshiq solib qo‘y, sut toshib ketmaydi.
-
Qolgan ovqatni hech qachon alyumin idishda saqlama.
-
Elanmagan undan xamir qorma, jigar tiqilishi shundan, bolam.
-
Suvni tindirib ishlat, tagidagi cho‘kmasi toshga aylanadi buyrakda.
-
Guruchni uvitishdan avval obdon o‘ylagin, bu qachongi guruch? Eski yilnikimi, yangisimi?
Eski guruch ko‘proq suvda turadi, ezilmaydi, palovi tanaga rohat, yangi guruch oz suv ichadi, tezda ezilishi mumkin. Uvitganingda ozroq tuz sepishni unutma, bir donasi ham uvol bo‘lmasin.
Yuvayotganda silab, suvini bir taraflama to‘k, keyin bu tarafidan oqiz.
-
Guruchni tovoqqa solib yaxshilab yelpisang, yaltirab pishadi ovqating.
-
Palovni sariq sabzidan tayyorla, qizili chiroy beradi, suvi kam.
-
Sholg‘omni ta’mi yoqmasa ham sho‘rva bn mastavaga solgin, balg‘amni davosi, o‘pkani tozalovchisi u. Ayniqsa qovurilgan mastavada.
Kubik qilib to‘g‘rab, qizil sabzi bn barobar solgin qozonga.
Sho‘rvaga esa qaynatganda foydasi ko‘proq.
-
Turupni mayda, ko‘m-ko‘k ranglisini tanlagin, qarsillab tursin. Agar lag‘mon, ganpan qilsang, turupni somoncha shaklida to‘g‘ragin, ignadan o‘tadigan ingichka bo‘lsin, issiq suvga solib, tuz sepib, bir chetga olib qo‘y.
-
Palovga esa yirik to‘g‘rab, suvga solib keltirgin.
Yo‘talni davosi, buyrakni ham tozalaydi.
O'hshash ma'lumotlar
Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...
Bolalarda ich ketishi (diareya) sabablari va davolash sirlariDiareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat massasining ichaklardan tez harakatlanib o‘tib ketishidir. Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat...
Ona sutining ta’mini o‘zgartirish xususiyatiga ega mahsulotSabzi o‘zi nima?...
Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....
Tushda xamir qorimoq nimadan dalolatXAMIR QORMOQ (XAMIR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo‘lishini bildiradi. Tushda bug‘doy unidan xamir qorayotganini ko‘rsa, tijoratdan mol hosil bo‘lishini bildiradi. Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi....