Meni Xudo qo'laydi

Ko‘ngil darddan cho‘llaydi,
Chidamasam bo‘lmaydi...
Bir gap bo‘lar hammasi,
Meni Xudo qo‘llaydi.

Tashvishga mehrim sochay,
Kelsa shod eshik ochay...
Taqdirdan qayga qochay,
Meni Xudo qo‘llaydi.


Nolimoqqa hushim yo‘q,
Birovlarda ishim yo‘q...
Yerda qo‘llar kishim yo‘q,
Meni Xudo qo‘llaydi.

G‘amga sabr to‘tiyo,
Birda tun birda ziyo...
Bu dunyoyu u dunyo,
Meni Xudo qo‘llaydi.

Dushman puhta, do‘st ayyor,
Tashlab ketishga tayyor...
Undan boshqa kimim bor,
Meni Xudo qo‘llaydi.

Boqsam holi handaman,
Omonati tandaman...
Xudo suygan bandaman,
Meni Xudo qo‘llaydi.



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Sedimentatsiya haqida 31 ta qiziqarli fakt

Sedimentatsiya - bu Yer tarixi davomida landshaftlar va ekotizimlarni shakllantirgan tabiiy jarayon. Bu suyuqlikda dastlab to‘xtatilgan, tortishish kuchlari ta'sirida suyuqlikdan chiqib ketadigan zarrachalarni cho‘ktirishni o‘z ichiga oladi. Bu...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Tushda to'tiyo ko'rsa nima bo'ladi

TO‘TIYO Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi to‘tiyo mol bo‘ladi. Har kim tushid ko‘zining ravshan bo‘lishini niyyat qilib, ko‘ziga to‘tiyo surayotganini ko‘rsa, dinda poklik qidirishiga dalildir. Agar niyati buning aksi bo‘lsa, dindorlikda o‘zini...

Tushda eshik ko'rsa nima bo'ladi

ESHIK (DAR) Tushdagi eshik ayoldir. Tushida tanish yoki notanish yerda uning uchun darvozalarni ochib qo‘yganlarini, darvozalar ko‘cha tomon qaraganini ko‘rsa, qo‘lidagi molini xarj qilishiga dalildir. Tushida bir saroy darvozasi unga ochilganini...



Fikr qo'shish

Наверх