Vafot etgan inson tushiga nima uchun kiradi

Xar bir issiq jon borki, omonatni topshiradi. Ichimizda, yaqinlaridan ayrilganlar ko‘p va ularning tushiga, bu dunyodan vafot etgan yaqinlari kirganlar xam bo‘lsa kerak. Xech sizda ushbu xolat bo‘lganmi? Nima uchun marxumlar, o‘z yaqinlarining tushiga kirib, ularni bezovta qiladi? 

Qurondagi Yusuf surasi boshidan oyog‘igacha tush ko‘rishdan boshlanib tush ko‘rish bilan tugaydigan suradir. Payg‘ambarimiz S.A.V tushning tabiri haqida ko‘plab hadislar aytganlar. 

Tush 3 hil bo‘ladi: 
•shaytoniy tushlar
•bashorat va ishorat tushlar
•inson ko‘p o‘ylagan narsasini tushida ko‘rishi

Yomon tush ko‘rgan odam uyg‘onib ketgandan keyin chap tarafga uch marta tuflaydi. Allohdan panoh so‘rab tushini hech kimga aytmaydi.

Yaxshi tush ko‘rgan odam tushini axli ilmga yoki yaxshi ko‘rgan odamiga aytishi mumkin. Chunki u odamlar tushni yaxshi tomonga ta’bir qiladilar. 

Tushni haqiqiysi bashorat bo‘ladigani xisoblanadi. Bunda kishi tahorat bilan uhlagan bo‘lishi kerak, o‘ylamagan narsasi tushiga kirsa, kun bilan tun oralari yaqin vaqtda ko‘rsa anashu tushlar ta’birga loyiq tushlar hisoblanadi.


Marhumlar bilan tushlar haqida kelgan xadislarni ko‘rib chiqamiz: 

•Ibn Umar roziyalloxu anxumodan
rivoyat qilinadi: «Nabiy sollalloxu alayxi vasallam: «Bir sochi yoyilgan qora xotinning Madinadan chikib, Maxyamaga Juxfaga borib turganini ko‘rdim. Buni Madinaning vabosi unga ko‘chirilganiga ta’vil kildim», dedilar». Sharx: Tushda ko‘rilgan sochi yoyilgan ayol kishi xam yaxshilik alomati bo‘lmas ekan. Uning rangi qora bulsa, yana xam yomon ekan.

«Xadiyja Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan Varaka ibn Navfal xakida so‘rab: «u sizni tasdiqlagan edi. Ammo yuzaga chikishingizdan oldin vafot etdi», dedi. Shunda sollalloxu alayxi vasallam: «Men tushimda uning oq kiyimda yurganini ko‘rdim. Agar u axli do‘zaxdan bulganida, kiyimi undan boshqacha bular edi», dedilar».
Sharx: Tushni ta’bir qilishda unda ko‘rilgan kiyimlar xam axamiyatga ega ekanligini shu xadisi sharifdan bilib olamiz.

Nabiy sollalloxu alayxi vasallam: «Kim meni tushida ko‘rsa, haqiqatda meni kurgan buladi. Chunki shayton mening qiyofamga kira olmaydi», dedilar. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. 
Sharx: Payg‘ambar alayxissalomning bu gaplaridan kim u zotni tushida ko‘rsa, xakikiy tush ko‘rgan bulishi, shayton u kishining shakliga kirib, odamlarning tushiga kira olmasligini bilishimiz mumkin.  Aslida shaytonlar turli shakllarga kirish qobiliyatiga ega.
Binobarin, ular turli shaxslar shaklida odamlarning tushlariga xam kirishi mumkin. Ammo Paygambar alayxissalomning shakliga kirishlari mutlaqo mumkin emas ekan. Shuning uchun kim tushida Paygambar alayxissalomni ko‘rsa, xaq tushni ko‘rgan bular ekan.

Batafsil ma’lumotni Shayximizning “Hadis va Hayot kitobini 29-juzidan topishingiz  mumkin.  Yuqoridagi videodan tushlar haqida to‘liqroq malumot olishingiz mumkin.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Abdulla Oripov hayoti va ijodi

O‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyondalaridan biri, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida maqolamizda batafsil tanishing....

Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladi

FATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх