Qaynonaoyimlar va Kelinjonlarga

Hovlingizga tushdi yangi kelinchak,
Ohu kabi hurkak, nozik, navnihol.
Shu nozik vujudning sharofatidan
Uyingizga fayz ham kiradi darxol.

Necha yil bag‘rida avaylab boqqan
Qizin sizga ona tashlab ketadi.
Ko‘ngil uzolmasdan jon jigaridan,
Ko‘zlarini namlab, yoshlab ketadi.

G‘unchasi, navdasi, niholi uning
Qanday bog‘, bog‘bonning qo‘liga tushdi?
Paloxmon toshiday otilgan qizi,
Qayga uchib, qanday makonga tushdi?

Choy uzatgan qo‘li titrab turadi,
Javdirab qaraydi ko‘zlaringizga.
Siz uni avaylang, qo‘llab quvvatlang,
Yuzlarini bosing yuzlaringizga.

Gaplashib o‘tirib mudrab qoladi,
Uyquga to‘ymasa dam bering bir oz.
Maza qilib sursin kelinlik davrin,
Baland osmonlarda qilsin u parvoz.

Kelinlikdir Bedil kitobdan qiyin,
Bu kitob shunchalik qiyin edimi?
Mirzo Bedil! Kelinlarni qiynamay,
Oson kitob yozsang bo‘lmas edimi?

Er eplamoq oson, etik tortishchi...
Hozir etik kiyar qaysi er kishi?
"Etik tortish" desa ko‘zda tutilgan,
Bola - chaqa, turmush, ro‘zg‘or yumush

Qaynonaning yo‘riqlarida yurib,
Shularni eplasa - qarqara kelin.
"O‘zim bilaman" deb shaltog‘i chiqsa,
Elu yurt oldida masxara kelin.

Shirin nevaralar hadya etganda,
Duo qiling "Umringiz uzun bo‘lsin"- deb.
"O‘g‘lim bilan baxtli hayot kechiring,

Uyingiz, joyingiz nurga to‘lsin" deb.

Asta sekin uy joyingiz egallar,
Nevara kiradi yotog‘ingizga.
Shularni deb ba’zan qaray olmaysiz
Necha yillik turmush o‘rtogingizga.

Pulingiz qanchayu qayerda turar?
Qaysi ro‘molingiz qay ko‘ylakka mos?
Qaynota xush ko‘rgan taom qaysidir?
Bari nazaridan bir chetda qolmas.

Uyim shunga qolib ketyapti demang,
Mayli, ega bo‘lsin, unga hovli, joy.
Bizga nima kerak? Bitta shirin so‘z,
Yaxshi totli taom, bir piyela choy.

Bu dunyoni qaytar dunyo deydilar,
Sizning qizlaringiz bir joyda kelin.
Kelinga nimaiki qilgan bo‘lsangiz,
Qudadan qizingizga qaytadi, biling!

Kelin yaxshi bo‘lsa berarkan Xudo,
Kelin yomon bo‘lsa urarkan Xudo.
Hech kimni urmasin, hammaga bersin,
Siylai rahm qilganni suyarkan Xudo.

Yaxshi kelin qizdan ortiq bo‘larkan,
U Allohdan sizga tortiq bo‘larkan.
Uzoqdan qizingiz yetib kelguncha,
Kuningizga shu kelinlar yararkan.

🌺

Oy kelinlar! Farzand o‘stiryapsiz siz,
Ertaga o‘zingiz qaynonadirsiz.
Qaynona - qay ona demang xech mahal,
Kelindan qaytmasin har bir so‘zingiz.

Doim kulib yuring, bu - baxt kaliti,
Qaynonaga bering jon - joningizni.
U doim siz taraf! Buni unutmang!
Hech ham yoni bo‘lmas erjoningizni.

Mayli, ba’zan qovog‘idan qor yog‘sin,
Siz hech arazlamang, ko‘ngliga qarang.
Axir u ham inson, asablari bor,
Hozir hammamizda asablar tarang.

Sevgan yoringizni shu ayol tug‘ib,
Tarbiyalab, topshirgan qo‘lingizga.
Yaxshi eringizni yaxshi o‘stirgan,
Shugina mushtirar qaynonangizda.

Ota uyingizga bosh egib borib,
Kelinlikka sizni tanlagan - o‘sha.
O‘g‘li "Uylanmayman bu qizga"-  desa,
Yaxshingiz oshirib maqtagan - o‘sha.

Aloxida chiqishni orzu qilmang,
Qaynona borligi bu - davlatingiz.
Uyingizning fayzi, farishtasi u,
Axir yoningizdaku jannatingiz.

Vaqt borida duosin olib qoling,
Duo bilan unib o‘sadi inson.
Bemor bo‘lsa qarang, suyanchiq bo‘ling,
Sog‘ligida sirdosh, darddosh, mehribon.

O‘rgatganin tinglang jon quloq bilan.
Ertaga maslaxatchi topa olmaysiz.
Kelinjon! Aql bilan ish ko‘ring doim.
Qaynonani uluglang! Kam bo‘lmaysiz!

Qaynota, qaynona qayni singillar.
Bo‘lsinlar har doim ardog‘ingizda.
Qaynopa, qaynog‘a,  qayniukalar.
Ular sizning totli qaymog‘ingizda.

Ovsiningiz bo‘lsa opajonim deng
Sizga ko‘p narsani o‘rgatar ular.
Shu aytganlarimga quloq tutsangiz.
Kelinjon, albatta baxtingiz kular.

Tugatay deymanu tugamayapti.
So‘zlar ich- ichimdan chiqmoqda qaynab.
Qaynona kelinlar, inoq yashanglar.
Yurmang biringiz qaynab, biringiz aynab.



O'hshash ma'lumotlar

Qaynona oyimlar va kelinjonlarga

Hovlingizga tushdi yangi kelinchak, Ohu kabi hurkak, nozik, navnihol. Shu nozik vujudning sharofatidan Uyingizga fayz ham kiradi darxol....

TikTok: TikTokning yaratilishi va muvaffaqiyati tarixi

TikTokning yaratilishi va rivojlanishining to'liq hikoyasi. TikTokning muvaffaqiyati siri va uning qanday qilib bozor yetakchisiga aylanishi haqida batafsil ma'lumot oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Spotify: Spotifyning yaratilishi va muvaffaqiyati tarixi

Spotifyning yaratilishi va rivojlanishining to'liq hikoyasi. Spotify muvaffaqiyatining siri va uning bozor yetakchisiga aylanishi haqida batafsil ma'lumot oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...



Fikr qo'shish

Наверх