Tushda hovuz ko'rsa nima bo'ladi

HOVUZ (HAVZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi hovuz ilm bo‘ladi. Agar tushida hovuzdagi toza pok suvdan ichganini ko‘rsa, ichganining mikdoriga qarab ilmdan bahra topishiga dalildir. Agar o‘zini hovuz suvida yuvayotganini ko‘rsa, toat tavfiqini topib, ma’siyatdan tiyilishiga dalildir. Agar hovuz suvini butunlay ichib yuborganini ko‘rsa, umrini salomatlik bilan o‘tkazishi va molining ziyoda bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida libosini hovuzda yuvayotganini ko‘rsa, ahli oilasining tavba qilib, din yo‘liga kirishini bildiradi. Agar libosini hovuzda yuvganini va suv ostida loyqalik paydo bo‘lganini ko‘rsa, ishini ilmga asosan qilmasligiga dalildir. Agar hovuz atrofida sabzalar o‘sib yotganini ko‘rsa, o‘z ilmidan manfaat topishi, xalq ham uning ilmidan foydalar ko‘rishiga dalildir, xususan hovuz o‘z mulki ekanini ko‘rsa. Agar biror yerdan suv oqib kirmasa ham hovuz suvining o‘z-o‘zidan ko‘payganini ko‘rsa, uning ilmi va moli hovuz suvining ko‘paygan mikdoriga muvofiq ko‘payishiga dalildir.

Agar hovuz suvining sho‘r va loyqa holda ko‘rsa, hamu anduhga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, hovuzdan suv ichayotganini ko‘rsa, boy odamdan mol topishi va oqibati yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Ja’f ar Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida hovuz ko‘rmoq to‘rt narsani bildiradi: foydali kishini; boy odamni; mol yig‘ishni; odamlar ilmidan foyda topadigan olim kishini.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda harom bo'lmoq, junub ko'rsa nima bo'ladi

HAROM BO‘LMOQ (JUNUB BUDAN) Agar tushida junub (yuvuqsiz) bo‘lganini ko‘rsa, harom ishda oshifta va sargashta bo‘lishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, safar qiladi, bu dunyo murodini topadi, lekin ishlari yomon bo‘ladi....

Tushda hassa, aso ko'rsa nima bo'ladi

HASSA (ASO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hassa ulug‘ va qadrli kishidir. Agar tushida hassasi borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, unga ulug‘ bir kishidan qadr va izzat yetishiga dalildir. Agar hassasi yo‘qolib qolganini ko‘rsa,...

Tushda hikmat, falsafa ko'rsa nima bo'ladi

HIKMAT (FALSAFA) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida ilmi hikmat o‘qiyotganini ko‘rsa, Qur’onxon bo‘lishiga dalildir. Agar tushida hikmat kitobini yoqib yuborganini ko‘rsa, dinining rasvo bo‘lishiga dalildir....

Tushda humo qushi ko'rsa nima bo'ladi

HUMO QUSHI (HUMOY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha tushdagi humo qushi davlat, izzat, ulug‘lik va zafardir. Tushida humoga ega ekanini ko‘rsa, humoning qadriga muvofiq izzat va davlat topishiga dalildir. Tushida humo qo‘lidan uchib ketganini ko‘rsa,...

Tushda xo'roz ko'rsa nima bo'ladi

XO‘ROZ (XURUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida xo‘rozi borligini va bu xo‘roz o‘z mulki ekanini ko‘rsa, Ajam xalqidan bo‘lgan bir qulzoda unga qahr qilishini bildiradi, bordi-yu, xo‘rozni so‘yib yuborganini ko‘rsa, qulzoda ustidan zafar...



Fikr qo'shish

Наверх