Tushda haj qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

HAJ QILMOQ (HAJ GUZORDAN) Ibn Sirin (r.a.) aygadiki, har kim tushida Hajga borganini ko‘rsa, Alloh ta’olo unga Haj qilishni nasib qiladi. Agar bemor bu tushni ko‘rsa, shifo topadi, qarzdor qarzidan uziladi, musofir bo‘lsa safa-ridan o‘z uyiga salomat qaytadi.

Agar Haj qilganini va Haj undan soqit bo‘lganini ko‘rsa, umri uzoq, ishlari tartibli bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim Hajga borganini va Haramda Labbayka. . .ni aytayotganini ko‘rsa, uninguchun qo‘rquv va vahima yuz berishiga dalildir. Agar tushida Haj unga vojib bo‘lganini, lekin Hajga borishga qasd qilmayotganini ko‘rsa, biror ishda xiyonat qilishiga dalildir. Agar Arafa kunini tush ko‘rsa, biror kishi bilan sulh qilishiga dalildir. Agar xonai Ka’bada namoz o‘qiyotganini ko‘rsa, ulug‘lardan foyda topishiga va ishlari tartibga tushishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida Haj qilmoq yetti narsani bildiradi: uylanmoqni; kanizak sotib olmoqni; adolatparvar podshohni ziyorat qilmoqni; yaxshilikni; xayrli ishlarga say’yu harakat qilmoqni; savob ishlarga mukofot topmoqni; ahli ilm suhbatiga yetishmoqni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qulon ko'rsa nima bo'ladi

QULON (XARGUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida qulonni qo‘lga kiritganini ko‘rsa, birorta boylikni qo‘lga kiritishiga dalil bo‘ladi. Agar qulonga o‘tirganini va qulon mute’ ekanini tush ko‘rsa, osiy va gunohkor bo‘lishiga dalildir....

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda hammom ko'rsa nima bo'ladi

HAMMOM (GARMOBA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hammom g‘amu anduh bo‘ladi. Hammomda yuvinish shodlikni bildiradi. Iliq suv yaxshi va kuchli qaynagan suv yomon bo‘ladi. Tushida hammomga borganini, unda g‘usl qilganini va toza bo‘lib...



Fikr qo'shish

Наверх