Tushda qiz bola ko'rsa nima bo'ladi

QIZ BOLA (DUXTAR) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qiz bola farah va shodlikdir. Tushida qiz tug‘ilganini yoki kimdir unga qiz bolani berganini yoki baxshida qilganini ko‘rsa, qiz bolaning chiroyi va zeboligiga qarab, mol, shodlik, va ne’mat hosil bo‘ladi. Tushida qizning o‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi qiz iflos va nuqsonli bo‘lsa, g‘amu anduhni bildiradi. Tushida qiz bolani ko‘tarib, olib ketayotganini ko‘rsa, xayru manfaatga dalildir. Tushida o‘z qizini birovga berib yuborganini ko‘rsa, undan o‘sha kishiga shodlik yetishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda ketmoq, jo'namoq ko'rsa nima bo'ladi

KETMOQ (RAFTAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida shahardan ketayotganini ko‘rsa, biroq qayoqqa ketayotganini bilmasa, bechora va sargashta bo‘lishiga dalildir. Xotini va bolalarini ham o‘zi bilan olib ketayotganini tush ko‘rsa, hammasining...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikrlar 2

Shoxrux
Salom tushda õzimni qizimni katta bõlganini korsa uxlab yotganini korsa ayolim bn ajrim yoqasidaman ayolimni ham kordim
8 декабря 2024 07:24

Гулноза
Учта углим бор кизим йук тушимда кичкина кизча кучоклаб нима учун богчадан узиз олиб кемадиз деб мандан хафа булиб кучоклабди.
21 сентября 2025 19:06

Fikr qo'shish

Наверх