DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi.
Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da ko‘rilgan daraxt bog‘ egasi uchun molu davlatdir. Daraxtni tomiri bilan qo‘porsa, biror kishining izzat va obro‘yini to‘kadi.
Tushdagi Arab diyorida o‘sadigan daraxtlar sahroyi kishilarga, Ajam yurtlarida o‘sadigan daraxtlar Ajam odamlariga dalolat qiladi.
Anor daraxti (daraxti anor).
Tushdagi anor daraxti foydali badavlat kishidir.
Bodom daraxti (daraxti bodom).
Tushdagi bodom daraxti sohibjamol, chiroyli ayoldir.
Gul daraxti (daraxti gul).
Tushdagi gul daraxti shodon odamga dalildir.
Yong‘oq daraxti (daraxti javz).
Tushdagi yong‘oq daraxti aziz va olijanob kishini bildiradi.
Jiyda daraxti (daraxti sinjid).
Tushdagi jiyda ruhi yengil va hashamatli olimga dalildir.
Zaytun daraxti (daraxti zaytun).
Tushdagi zaytun daraxti aslzoda va nasabli kishiga dalildir.
Kakos yong‘og‘i daraxti (daraxti javzi hindiy).
Tushdagi kakos yong‘og‘ining daraxti odamlarga baxil va ayolga qattiqqo‘l ajamli kishidir.
Limon daraxti (daraxti limun).
Tushdagi limon daraxti jodu qiluvchi yoki munajjimlik bilan shug‘ullanuvchi kishiga dalildir.
Murch daraxti (daraxti fulful).
Tushdagi murch daraxti aziz va ulug‘ kishiga dalildir.
Olma daraxti (daraxti sib).
Tushdagi olma daraxti kasalmand kishiga dalildir.
Olxo‘ri daraxti (daraxti olu).
Tushdagi olxo‘ri daraxti barchaga naf yetadigan tabibdir.
Obnus daraxti (daraxti obnus).
Tushdagi obnus daraxti o‘z ishida boshi qotgan odamdir. Ba’zilarning aytishicha, xotin yoxud kanizakdir.
Sarv daraxti (daraxti sarv).
Tushdagi sarv daraxti ajamli xushtab’ kishiga dalildir.
Sandal daraxti (daraxti sandal).
Tushida sandali borligini ko‘rsa, odamlar unga madhu sano aytishiga dalildir.
Turunj daraxti (daraxti turunj).
Tushdagi turunj daraxti muxolif va o‘zbilarmon kishini bildiradi.
Ud daraxti (daraxti ud).
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladiBOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...
Tushda jiyda, jilonjiyda ko'rsa nima bo'ladiJIYDA. (SINJID) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi jiyda qiyinchilik bilan qo‘lga keladigan halol va toza moldir. Agar tushida jiyda sotayotganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, halol molni qo‘lga kiritishiga dalildir....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...