BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini xohlayotgan bo‘ladi. Boqqa gulu rayhonlar ekayotganini ko‘rsa, qobil farzand tug‘ilishiga dalildir. Boqqa shaftoli ekayotganini ko‘rsa, farzand tug‘ilib, tezda unga ilmu adab o‘rgatishiga dalil bo‘ladi. Bog‘ida rayhon o‘sganini, bo‘y cho‘zganini va uning hidi dimog‘iga kirayotganini ko‘rsa, dono, botir va aqlli farzand tug‘ilishiga dalildir.
Rayhon hidi farzandga dalolat qiladi. Bog‘ini yam-yashil, obod, oqar suvli, ko‘shkli, daraxt mevalaridan yegan, xotini bilan tamosho qilib yurgan holda ko‘rsa, ular Jannat ahli ekanliklariga dalildir. Obodon bog‘ni ko‘rsa va mevalaridan olib yesa, boyvachcha xotin olishiga dalolat qiladi va undan molu ne’mat topadi. Kuz faslida noma’lum boqqa kirsa va daraxtlardan barglarni to‘ksa, unga g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir. Bog‘da ko‘shklar bo‘lsa, sabzalar, oqib turuvchi suvlar, daraxtlar serob bo‘lib, sohibjamol bir ayol uni imlab turganini ko‘rsa, oxiratda Jannat va hurlarni topishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladiDARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...
Tushda jannat ko'rsa nima bo'ladiJANNAT (BIHISHT) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida Jannatni ko‘rmoq shodu xurramlikka dalildir va Alloh ta’olodan mujda (xushxabar) bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: U (yer)ga sog‘-salomat, tinch-omon kiringlar (deyilur) (Hijr surasi, 46-oyat). Jannat...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda suv ko'rsa nima bo'ladiSUV (OB) Ibn Sirrin (r.a.)ning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o‘xshashlar ustida yurib ketayotganini ko‘rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo‘lishiga dalildir. Agar toza va shirin suvdan to‘yib-to‘yib ichganini...
Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladiQUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...