Tushda o'likning nolimog'i ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING NOLIMOG‘I (MURDA NOLIDAN) Ibn Si-rin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning ahvoli yomonligini va u noliyotganini ko‘rsa, uning dunyoda qilgan yomon ishlaridan savolga tutilganiga dalildir. Agar o‘likni bemor holda ko‘rsa, uni din va iymon haqida savolga tutishlariga dalildir.

Agar murda bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganini ko‘rsa, dunyodagi takabburligidan savol qilinishiga dalildir. Boshqalarning aytishicha, ota-ona haqini ado qilishdagi nuqsoni uchun savolga tutishlarini bsldiradi. Agar tish og‘rig‘idan shikoyat qilsa, odamlarni g‘iybat qilgani haqida savolga tutilishiga dalildir. Agar ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qilsa, odamlarning ayollariga dunyoda qilgan nazari uchun savol qilinishiga dalildir.


Agar quloq og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyoda yomon so‘zlarga quloq solganidan savol qilinishiga dalildir. Agar qo‘l og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyodan ayollar va aka-ukalari haqiga qilgan ishidan savol qilinishiga dalildir. Agar biqin og‘rig‘idan shikoyat qilsa, ayollar to‘g‘risida qilgan ishlaridan savol qilinishiga dalildir. Agar bel og‘rig‘idan shikoyat qilsa, ota-ona haqi to‘g‘risida savol qilishlariga dalildir. Agar jinsiy a’zo og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyoda qilgan gunoh va buzuqchiligidan savol qilinishiga dalildir. Agar tizza va oyoqlari haqida nolisa, dunyoda qilgan ishlaridan savol qilinishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o’qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo’lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g’arb tomonga qarab namoz...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda bosh kiyimi, do'ppi, kepka, shapka ko'rsa nima bo'ladi

BOSH KIYIMI (KULOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda bosh kiyimini ko‘rish uning qiymatiga muvofiq izzat va obro‘ bo‘ladi. Tushida g‘oziylarning bosh kiyimini ko‘rsa, dushmanga g‘olib bo‘lishini bildiradi....

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....



Fikr qo'shish

Наверх