BOSH KIYIMI (KULOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda bosh kiyimini ko‘rish uning qiymatiga muvofiq izzat va obro‘ bo‘ladi. Tushida g‘oziylarning bosh kiyimini ko‘rsa, dushmanga g‘olib bo‘lishini bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida turklarning kulohini ko‘rsa, qiyinlik bilan foyda topishiga dalildir. Tushida mug‘ (otashparastlar) kulohini ko‘rsa, bu dunyo izzatini topishi, biroq dinda zaif bo‘lishiga dalildir. Agar tushida podshoh bosh kiyimini ko‘rsa, hurmat va obro‘ topishiga dalildir.
Agar unnobiy kulohini ko‘rsa, shod bo‘lishi va manfaat topishiga dalildir. Agar rumiy kulohni qo‘lida ko‘rsa, diniy va dunyoviy yaxshiliklar ko‘rishiga dalildir. Agar kulohni sallasi ustiga qo‘yganini ko‘rsa, odamlardan yashiradigan bir ishga mubtalo bo‘lganiga dalildir. Agar ipakdan qilingan kulshni ko‘rsa, foyda topishiga dalildir. Boshida tilladan qilingan kuloh borligini ko‘rsa, odamlardan foyda topishiga dalildir. Marvariddan qilingan bosh kiyimini ko‘rsa, odamlar qoshida aziz bo‘lishi, dindor va g‘oziy odam bilan suhbat qurishiga dalildir. Bosh kiyimining temirdan ekanini ko‘rsa, podshoxdan izzat va obro‘ ko‘rishiga dalildir. Yog‘ochdan qilingan bosh kiyimini ko‘rsa, o‘zini odamlar oldida xor qilib ko‘rsatib, yolg‘ongapirishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...