Tushda jaroxat ko'rsa nima bo'ladi

JAROXAT (ZAXM) Ibn Sirinning aytishicha, agar kishi o‘z tanida jarohat borligini, biroq qoni yo‘qligini ko‘rsa, jarohat yetkazuvchi ustidan zafar qazonishiga dalildir, bundan tashqari, yaxshilik va foyda ko‘rishini ham bildiradi.

Jarohat yetkazilgan joydan qon oqayotganini va badani qonga bo‘yalganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, agar kishi badaniga jarohat yetgani va undan chiqqan qonga bo‘yalganini ko‘rsa, jarohatdan chiqqan qonning mikdoriga qarab moliga nuqson yetishini bildiradi.


Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jarohat uch narsani bildiradi: g‘alabani; yaxshilik va foydani; moliga nuqson yetishini, xususan, jarohat yeridan qon oqayotganini ko‘rsa.

Jobirning aytishicha, jarohat yetgan odam yuz berishi mumkin bo‘lgan og‘irchilikda qolishiga dalildir. Agar jarohatdan qon oqayotganini ko‘rsa, birorta kishi unga yolg‘on so‘z aytishiga, oxiri bu so‘z yolg‘on ekani ma’lum bo‘lishiga dalildir. Agar jarohat yetgan joyda shish borligini ko‘rsa, boylik va xush hayot topishiga dalil bo‘ladi, biroq do‘stlari va qarindoshlaridan uzoqlashishga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda qon oqmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OQMOQ (XUN OMADAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, jarohatsiz tanidan qon oqayotganini tush ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Agar tanida jarohat borligini ko‘rsa, moliga ziyon bo‘lib, g‘amu anduhga sababdir. Tushida xanjar yeganini va qon ravon...



Fikr qo'shish

Наверх