Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar jamoat o‘z kiyimining qora ekanliklarini ko‘rsalar, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Tushdagi sariq kiyim bemorlik belgisidir. Tushdagi qizil kiyim shodlik bo‘ladi. Tushdagi yashil kiyim, Behipggdagilarning libosi hisoblanadi. Alloh ta’olo aytadi: Ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar bo‘lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan bo‘lurlar. . . (Inson surasi, 21-oyat). Yuvilgan oq kiyim odamlarning ishlari soz bo‘lishiga dalildir. Yashil kiyim ziyonga dalolatdir. Kuygan kiyim podshoh tomonidan yetadigan ziyonga dalildir. Yirtilgan kiyim sirlarning ochilishiga dalildir.

Jun, kigiz, polos, umuman jundan qilingan kiyimlarning barchasi molu davlat hosil bo‘lishiga dalildir. Yamoq kiyim kambag‘allik yoki bechoralikka dalildir. Kir kiyim qaysi navdan bo‘lmasin, g‘amu anduhga dalildir. Qog‘oz kiyim malomat yetishiga dalildir. Chorva hayvonlar po‘stidan qilingan kiyim, o‘ziga yetadigan xayru manfaatga dalildir. Kafan shaklidagi kiyim, dindagi mashg‘ulotlarning tugashiga, lekin umrining oxiriga yetganligiga dalildir. Agar eshak terisidan kiyim olganini ko‘rsa, izzat va e’tibor topishiga dalildir.

Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ulug‘lik libosini kiyganini ko‘rsa va mana shu libosga yarasha odamlar turidan bo‘lsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Vazirlik libosini kiyganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir, biroq xalkdan malomat topadi. Agar hojiblik29 libosini kiyganini ko‘rsa, ulug‘larning hadya va atolaridan mahrum bo‘lishiga dalildir. Agar bir yosh yigit mirshablik kiyimini kiygan bo‘lsa, kimdandir yordam olishiga dalildir. Agar jallodlik libosini kiyganini ko‘rsa, manfaat topishiga dalildir. Agar qishloq oqsoqolining libosini kiyganini ko‘rsa, omonatli, so‘z o‘tadigan bo‘lishiga hamda xalq ishlarini hal qilishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.


So‘fiylar libosini kiyganini ko‘rsa, dini ziyoda bo‘lishiga dalildir. Zohidlar kiyimini kiyib olganini ko‘rsa, omonatkor bo‘lishiga dalildir. Savdogarlar kiyimini kiyganini ko‘rsa, dunyoviy kasbu kori yaxshi bo‘lishiga dalildir. Solih kishilar kiyimini kiyganini ko‘rsa, diniy ishlari soz bo‘lishiga dalildir. Yomon odamlarning kiyimini kiyganini ko‘rsa, unga yaramas odamlardan qayg‘u g‘am yetishiga dalil bo‘ladi. Tabiblar libosini kiyganini ko‘rsa, ishlarining soz bo‘lishini, odamlar orasida shuhrat topishini bildiradi. Agar yahudiylarning libosida ekanini ko‘rsa, makru hiyla bilan kimnidir halok qilishini va oqibat natijada ishlari rasvo bo‘lishini bildiradi. Agar porsolar libosida ekanini ko‘rsa, bir ishni amalga oshiradiki, bu ish tufayli do‘stidan omonlik topmasligini bildiradi. Agar tarsolar libosida ekanini ko‘rsa, bid’at sohibi bo‘lib, kufr va zalolatga moyil bo‘lishini bildiradi. Agar otashparastlar libosida ekanini ko‘rsa, xohishi buzuq dinlar va nodonlar tomonida ekanini bildiradi. Agar jangchilar libosida eekanini ko‘ra, u bilan bir kishi orasida adovat yuz berishiga dalildir. Agar murtad libosida ekanini ko‘rsa, kimdir unga bir narsa ato qilishini va yana qaytarib olishini bildiradi. Butparastlar libosida ekanini ko‘rsa, podshoh yoki bir amaldorning xizmatiga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar kiyilgan eski libosda ekanini ko‘rsa, o‘z rahbaridan uzoqlashishiga dalildir. Agar zindondagi erkaklarning libosida ekanini ko‘rsa, biror ish tufayli g‘amgin va nochor bo‘lishini bildiradi. Agar hammol (yuk taiguvchi) libosida ekanini ko‘rsa, omonatni ato qiluvchi bo‘lishiga dalildir. Agar go‘rkov libosida ekanini ko‘rsa, pastkash va pasthimmat bir kishining xizmatiga mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar kemachining libosida ekanini ko‘rsa, bir yaxshi odamdan halol rizq topishiga dalildir.

Agar qassob libosida ekanini ko‘rsa, unga biror ziyon yoki g‘am yetishini bildiradi. Agar tantanavor libos kiyganini ko‘rsa, ayol bilan noravo suhbat qurishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar yangi libosga ega ekanini va uning bo‘yalmaganini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Zarboft libos aqlli ayol va bilimli kanizak bo‘ladi. Bo‘rd (yo‘l-yo‘l) matodan qilingan va nuqtador libos xayru manfaat bo‘ladi. Oq libos dindir.

Aga har kim oq yangi va pokiza libosga ega ekanini ko‘rsa, dunyo uchun ham yaxshi bo‘ladi. Qalin yoki yupqa libosni ko‘rsa, dinga ham dunyoga ham yomondir. Iflos va yirtiq libosni ko‘rsa, ham dinning buzukdigiga ham dunyoning buzuqligiga, dalil bo‘ladi.

Qizil libos, ayollar uchun yaxshidir. Qizil ko‘ylak, ishton,kamzul, chopon, salla, bularning barchasi erkaklar uchun g‘am va qayg‘u yoki jangu xusumat bo‘ladi. Sariq kiyim, erkaklar uchun kasallik bo‘ladi. Agar ayol kishi o‘zining sariq kiyim kiyganini ko‘rsa, erga tegishini bildiradi, agar eri bo‘lsa, kasal bo‘lishiga dalildir. Yashil libos, erkak va ayollar uchun dindir. Agar yashil libosni tiriklar ustida ko‘rsa, dinning sozligi va o‘liklar ustida ko‘rsa oxirat yaxshiligi bo‘ladi.

Eski libos podshoh tomonidan yetadigan qayg‘u g‘amdir. Agar kimdir libos sotib yurganini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Eski libos sotib olayotganini ko‘rsa, yomondir. Eski libos kiymoq yomon, eski libosni yechmoq yaxshidir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, yuvilgan libosni kiymoq isitmaga dalildir. Kir libosga ega ekanini ko‘rsa, kambag‘al bo‘ladi. Ranggin libosga ega ekanini ko‘rsa, ayol yoki sipohiy (askar) bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida yangi libos kiysa to‘rt narsani bildiradi: ayolni; podshohni; molni; xayru manfaatni bildiradi. Yana u aytadiki, tushida qaychi bilan libosni qirqayotganini ko‘rsa, unga biror kulfat yetishiga dalildir.

Agar o‘g‘rilar libosni o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, ayollar orasida fasod yuz berishiga dalildir.

Ibn Sirin: Libos u kishining bolasi yoki ulug’ligidir. Uning huzuridagi kishining aziz bo’lishi ham tabir qilinadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda yuz (odam yuzi) ko'rsa nima bo'ladi

YUZ (RO‘Y) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘z yuzini asliga qaraganda chiroyliroq holda ko‘rsa, uning sharafi va e’tibori ziyoda bo‘lishini bildiradi. Yuzini noxush va xunuk holda ko‘rsa, obro‘yi kam bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzini...



Fikr qo'shish

Наверх