YUZ (RO‘Y) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘z yuzini asliga qaraganda chiroyliroq holda ko‘rsa, uning sharafi va e’tibori ziyoda bo‘lishini bildiradi. Yuzini noxush va xunuk holda ko‘rsa, obro‘yi kam bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzini qizil va sof holda ko‘rsa, odamlar orasida yorug‘ yuzli bo‘lishini bildiradi.
Tushida yuzini sariq yoki qora ekanini ko‘rsa, buning aksidir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yonoqlarini qizil va toza holda ko‘rsa, mashhur bo‘lishiga dalildir. Tushida yonoqlarining oqarib qolganini ko‘rsa, dinining baquvvat bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Ammo odamlariki, yuzlari oqarur, ular Alloh rahmatida bo‘lurlar va ul rahmatda xamisha qolurlar (Oli Imron surasi, 107-oyat).
Tushida yonoqlarini sarg‘aygan holda ko‘rsa, bemor bo‘lishini bildiradi. Yonoqlari qora ekanini ko‘rsa, xalq orasida rasvo bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzi qora hamda oq liboslar kiyganini ko‘rsa, oilasida qiz tug‘ilishini bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladiXURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladiO‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....
Tushda qiyomat ko'rsa nima bo'ladiQIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...