XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Agar tushida xurmo yeganini va danagini otib yuborganini ko‘rsa, shari’at hukmlarini bajo keltirishiga dalildir. Ba’zi bir ta’birchilarning aytishicha, tushida xurmo yesa, meros topishiga dalildir. Tushida pishmagan xurmo yeganini ko‘rsa, farzandidan meros yetishishiga dalil bo‘ladi. Agar uyida xurmo daraxti borligini va u ko‘p meva qilganini tush ko‘rsa, bir ulug‘ odamga yetishuviga va undan foydalar topishishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘sha xurmo daraxti tomiri bilan qurib qolganini tush ko‘rsa, ularning orasiga judolik tushishiga dalildir. Agar tushida hovlisidagi xurmoning quruganini, so‘ng ko‘karganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi bemor bo‘lsa, shifo topishiga dalildir. Agar xurmo tagidan kesib yuborganini tush ko‘rsa, axdi oilasidan kimningdir bemor bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy aytadiki, har kim tushida yangi xurmo mevasi bor ekanligini ko‘rsa, qiyinchilik bilan mol hosil qilishiga dalildir.
Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi xurmo bir ulug‘ odamdan yetadigan foydadir. Agar uyida va hovlisida ko‘p xurmo borligini ko‘rsa, o‘sha xurmoning mikdoriga muvofiq molu matoga ega bo‘lishiga dalildir. Agar yangi yoki quritilgan xurmodan tanovul qilayotganini tush ko‘rsa, iymon halovatini topishini va ishlari tartibga tushishini bildiradi. Agar tushida xurmo daraxtining tagidan kesayotganini ko‘rsa, qulidagi ishi do‘sti tomonidan barbod qilinishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladiTOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...
Tushda echki ko'rsa nima bo'ladiECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...