Tushda qiyomat ko'rsa nima bo'ladi

QIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo yuborilishini bildiradi, agar mazlum bo‘lsa, ularni zolimlar ustidan g‘olib kelishiga dalildir. Tushida diyor ahlini Alloh ta’olo huzurida turganlarini ko‘rsa, Alloh ta’olo ularga o‘z g‘azabini yuborishiga dalildir. Tushida qiyomat boshlanganini ko‘rsa, mazlumlar zolimlarni yengishini bildiradi, agar ular g‘amu anduh va qiyinchilikda bo‘lsalar, bundan xalos bo‘lishlariga dalildir.

Tushida qiyomat belgilaridan bo‘lmishi bir belgi paydo bo‘lganini, masalan, quyoshning g‘arbdan chiqqanini, Ya’juj va Ma’juj yoki Dajjol paydo bo‘lganini ko‘rsa, ta’biri shuki, tavba qiladi va Xudoyi ta’ologa qaytadi. Tushida hisob-kitob qilinadigan joyga borganini ko‘rsa, bu g‘aflatda qolganlikni nishonidir.


Tushida so‘roq qilinganini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir.
Tushida uning ishlari tarozuda tortilgani va yaxshi ishlari ko‘p chiqqanini ko‘rsa, oqibati yaxshi bo‘lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: O‘sha kuni vazn (amallarni o‘lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og‘ir kelsa, aynan o‘shalar tolei yor kishilardir (A’rof surasi, 8-oyat).
Tushida tarozuda tortilganda yomonligi ko‘p chiqqanini ko‘rsa, joyi Do‘zax bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o‘shalar oyatlari mizga zulm (inkor) qilganlari sababli, o‘zlariga ziyon qilganlardir (A’rof surasi, 9-oyat).
Tushida unga nomayi a’moli berilganini va u o‘ng qo‘ldan olganini ko‘rsa, ishlari o‘ngdan kelishi, din yo‘lida ishlari to‘g‘ri bo‘lishidan umid qilinadi. Alloh ta’olo aytadi: Biz O‘z payg‘ambarlarimizni hujjat (mo‘’jiza)lar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon (tarozi) tushirdik. . . (Xadid surasi, 25-oyat).

Tushida unga nomayi a’molini berganlarini va unga o‘qishni buyurganlarini ko‘rsa, bu odam hayotda yaxshi kishylardan bo‘lsa, ishlari yaxshi bo‘lishi, yomon kishilardan bo‘lsa, ishi xatarda ekanini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: (Unga aytilur): Kitobingni o‘qi! Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi yetarli hisob-chidir (Isro surasi, 14-oyat).

Agar o‘zini Sirot ustida ekanini tushida ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lda ekaniga dalildir. Sirotdan o‘tolmaganini tush ko‘rsa, xato yo‘lda ekanini bildiradi, u Xudoyi ta’olo rozi bo‘lishi uchun tavba qilmog‘i zarur.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qiyomat solih kishilar uchun to‘rt narsani bildiradi: muvaffaqiyatni; g‘amdan qutilishni; dushman ustidan g‘alaba qazonishni; iqbol va oqibati saodatli bo‘lishni. Yomon odamlar uchun bularning aksi bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda havo ko'rsa nima bo'ladi

HAVO (HAVO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning ravshan va sofligini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining tandurust, maishati yaxshi, rohatda bo‘lishiga, ulamo va hikmat ahlining esa davlat va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar...



Fikr qo'shish

Наверх