EKIN EKISH, ZIROAT (KISHTU ZAR’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ekin ekish va ziroat Alloh ta’ologa tavakkul qilishni, halol rizq payida bo‘lishni bildiradi hamda fozil va yaxshilikni ko‘zlovchi kishini ham bildiradi. Tushida ekin ekish uchun yerni ag‘darganini ko‘rsa, xayriya va sadaqa qilishiga dalildir.
Ta’bir san’ati ustodlarining aytishlaricha, tushida ziroatchilik bilan igug‘ullanayotganlarini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yerni ag‘darib, don sepganini, so‘ng qayta terib olganini ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va ne’mat topishiga dalildir. Tushida ekin ekkanini va undan chiqqan hosildan yeganini ko‘rsa, aytilgandan ham yaxshiroq bo‘ladi. Agar ekin ekkanini, biroq hech narsa hosil bo‘lmaganini, endi nima qilish kerakligini bilmayotgan bo‘lsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Agar tushida bug‘doy ekkanini ko‘rsa, podshohdan yaxshilik yetishiga dalildir. Agar arpa ekkanini ko‘rsa, ko‘p mol hosil qilishiga dalildir. Agar tariq ekkanini ko‘rsa, ozroq mol hosil qilishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda bug'doy ko'rsa nima bo'ladiBUG‘DOY (GANDUM) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bug‘doy odamlarga qiyinchilik bilan yetadigan halol moldir. Tushida bug‘doy yeganini ko‘rsa, solih va dindor bo‘lishiga dalildir. Agar bug‘doyning pishirilganini yesa, g‘amgin bo‘lishiga...
Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladiGO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...