GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir.
Agar tushida o‘z tanasining go‘shtini yeganini ko‘rsa, o‘z oila a’zolarini g‘iybat qilishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, pushaymon keltiradigan birorta ishni qilishiga dalildir. Tushida odamlarning go‘shtlarini yeganini ko‘rsa, nohaqdan odamlarning g‘iybatini qilishiga dalildir.
Tushida bir odamni dorga osganlarini va u esa o‘sha osilgan odamning go‘shtidan yeganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga dalildir. Tushida pishirilgan semiz qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir. Agar so‘yilgan qo‘yni uyiga olib kelganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam o‘sha yerda o‘lishiga dalildir. Tushida so‘yilgan qo‘yning ba’zi a’zolarini uyiga olib kelganini ko‘rsa, o‘sha xandonda birovning halok bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda oriq go‘shtdan semiz go‘sht afzal bo‘ladi. Tushida yangi va toza go‘sht bilan birovni urganini ko‘rsa, o‘sha odamni tili bilan xafa qilishi yoki birovni g‘iybat qilishiga dalildir. Tushida qovurilgan go‘sht yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha rizqni g‘amu anduh bilan topishini bildiradi. Tushida qassobdan go‘sht olganini, haqini berganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Tushida ajdarho go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha dushman molini tortib olishi uni xarj qilishi va dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Tushida ot go‘shtini yeganini ko‘rsa, odamlari ichida yaxshi nomga ega bo‘lishi va podshohdan biror narsaga ega bo‘lishiga dalildir. Tushida tuya go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha dushman moliga ega bo‘lishni va undan yeyishni bildiradi. Agar bo‘taloq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha yetimning molini yeyishga dalildir, undan so‘ng kasal, bo‘lishi va shifo topishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, podshoh odamlaridan foyda topishni bildiradi. Agar tuyaqush go‘nggidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha sahroyi odamlardan foyDa topishni bildiradi.
Tushida ohu go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha chiroyli bir ayoldan mol topishini bildiradi. Agar echki go‘shtidan yeganini ko‘rsa, dushman molini tekinga qo‘lga kiritishiga va xarjlashishiga dalildir. Tushida qaldirg‘och go‘shtidan yeganini ko‘rsa, unga musibat yetishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda dorga osmoq ko'rsa nima bo'ladiDORGA OSMOQ (BARDOR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytadi, bir kuni bir kishi mening huzurimga keldi va dedi: Tushimda bir kishining ikki qo‘lini kesganlarini, boshqasini esa dorga osganlarini ko‘rdim. Unga dedim: Agar bu tushni ko‘rganing rost...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladiSIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...