Tushda dorga osmoq ko'rsa nima bo'ladi

DORGA OSMOQ (BARDOR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytadi, bir kuni bir kishi mening huzurimga keldi va dedi: Tushimda bir kishining ikki qo‘lini kesganlarini, boshqasini esa dorga osganlarini ko‘rdim. Unga dedim: Agar bu tushni ko‘rganing rost bo‘lsa, bugun shahar amirini ishdan oladilar va boshqa amirni uning o‘rniga o‘tqazadilar. Shunday qilib, aytilgan narsa bo‘ldi, uning o‘rniga boshqa amir o‘tirdi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda bir kishini dorga osgan bo‘lsalar va boshqa kishilar uni tomosha qilayotgan bo‘lsalar, osilgan kishi bir qancha kishilarga boshliq bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar hech kim uni tomosha qilmayotgan bo‘lsa, ulug‘lik va e’tibori oshadi, lekin dinga layoqatsiz va fosiq bo‘ladi. Agar bir kishining go‘shtini dorga osib qo‘ygan bo‘lsalar va u kishining o‘zi shu go‘shtdan yeyatganini ko‘rsa, bir odamga tegishli bo‘lgan molni egallab olgan kishining molidan yeyishiga dalil bo‘ladi.

Agar kishini dorga osgan bo‘lsalar va undan qon ketayotgan bo‘lsa, o‘sha kishi odamlarni g‘iybat qilishiga va ko‘plab gunohlar qilishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadilarki, tushda dorga osmoqning to‘rtta narsaga dalolati bor: rahbarlikka; molu davlatga; ulug‘likka; odamlarni g‘iybat qilishga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...



Fikr qo'shish

Наверх