Bu hayot

Bu hayot

Tug‘ilding, bu hayot ostonasida, 
Seni qarshi oldi, bir yog‘och beshik.
Ulg‘ayib, yashab so‘ng ko‘zing yumganda, 
Qabringa kuzatdi, tebranmas beshik.

Bu hayot — shu ikki beshik orasi…

Tug‘ilding, o‘rashib oppoq yo‘rgakka, 
Erkalab, e’zozlab, sevib-suyushdi.
Ruh oxir tanangni tark etgan kuni, 
Yana oq yo‘rgakka o‘rab qo‘yishdi. 

Bu hayot — shu ikki yo‘rgak orasi… 

Ko‘z ochib, hayotni ko‘rganing zahot, 
Odamlar yig‘ingga jim quloq osdi. 
Bandalikni bajo keltirgan kuning, 
Dunyoni o‘zgalar ko‘z yoshi bosdi. 

Bu hayot — shu ikki yig‘i orasi… 

Shu qisqa hayotda eng muhim yumush, 
Yaxshi nom qoldirib, yashamoq ekan. 
Angladim, tug‘ilish aslida do‘stim, 
O‘limga ilk qadam tashlamoq ekan. 

Bu hayot — tug‘ilish va o‘lim orasi...



O'hshash ma'lumotlar

Siz baribir sevib qolasiz

Erib ketar qalbingiz toshi Oqar kozdan ojizlik yoshi Yetmas ekan inson bardoshi Siz baribir sevib qolasiz....

Muddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi

Aslida, muddatidan ilgari tugʻruqlar- bu bolaning 37 haftaga yetmasdan tugʻilishi. Odamlarda meʼyoriy gestatsion davr 38 haftadan 42 haftagacha boʻladi. Mukammal sharoitda bolalar ona qornida toʻliq rivojlanguncha boʻladi. Biroq, turli sabablarga...

Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun...

Tushda yog' ko'rsa nima bo'ladi

YOG‘ (RAVG‘AN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi yog‘ molu ne’matdir, ba’zilarning aytishicha, merosni bildiradi. Tushida mol yog‘ini topsa va undan yesa, uning miqdoricha molu ne’mat topishini va odamlar orasida aziz bo‘lishiga dalildir. Isiriq...

Tushda yog'och ko'rsa nima bo'ladi

YOG‘OCh (ChO‘B) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi yog‘och munofiqlik bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi yog‘och munofiq kishi bo‘ladi. Agar begona kishi yog‘och bersa, o‘sha kishi bilan oraga nifoq tushishini bildiradi....



Fikr qo'shish

Наверх