Tushda yog' ko'rsa nima bo'ladi

YOG‘ (RAVG‘AN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi yog‘ molu ne’matdir, ba’zilarning aytishicha, merosni bildiradi. Tushida mol yog‘ini topsa va undan yesa, uning miqdoricha molu ne’mat topishini va odamlar orasida aziz bo‘lishiga dalildir. Isiriq yog‘i ham shu ta’birga ega. Biroq mol yog‘i dumba yog‘idan yaxshiroqdir. Bodom va kunjut yog‘i molu ne’mat bo‘ladi. Qimmatbaho boshqa yog‘lar, masalan, balason (balzam), binafsha va zaytun yog‘lar dehqondan yetadigan manfaatlar bo‘ladi. Zaytun yog‘ining o‘zi arabdan yetadigan foydadir. Nargis yog‘i qishloqdan topiladigan foydani bildiradi.

Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida barcha tani yog‘ bilan bo‘yalganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida boshiga yog‘ surayotganini ko‘rsa, zebu ziynatni bildiradi. Yog‘ni xushbo‘y ekanini ko‘rsa, masalan, binafsha yoki yosuman yog‘i bo‘lsa, dunyo ziynatiga dalildir.


Xushbo‘y yog‘larning hammasi yaxshilikka dalil bo‘ladi. Yog‘ning hidi badbo‘y yoki yoqimsiz bo‘lsa yuqoridagilarning aksidir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi zaytun yog‘i molu ne’matga dalildir. Tushida bir kishining boshqa kishiga yog‘ surtayotganini ko‘rsa, o‘sha kishiga makru hiyla qilishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida o‘ziga yog‘ surtayotganini ko‘rsa, ziynatni bildiradi, lekin oxiri g‘amu anduxdir.
Tushida ko‘kragini yog‘layotganini ko‘rsa, yolg‘on qasam ichishini bildiradi.

Ismoil Angas (r.a.) aytadiki, tushida zaytundan boshqa yog‘larning hammasi yomon bo‘lib, zaytun yog‘ini iste’mol qilish mol, tanga surtish g‘amu anduhdir. Tushida libosi yog‘ bilan bo‘yalganini ko‘rsa, g‘am tortishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xushbo‘y hidli yog‘ olti narsaga dalildir: chiroyli ayolga; kanizakka; yaxshi maqtovga; foydaga; yoqimli so‘zga va xush tabiatga. Badbo‘y yog‘ uch narsani bildiradi: buzuq ayolni; ikkinchi-fisqni; uchinchi-yomon so‘zni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda nargis guli ko'rsa nima bo'ladi

NARGIS GULI (NARGIS) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi nargis dono, chiroyli va latofatli kishidir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nargis shirin so‘zga dalildir. Agar ayol kishi tushida nargis topganini yoki birov unga berganini...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх