Tushda paykar ko'rsa nima bo'ladi

PAYKAR Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi paykar ayol bo‘ladi. Agar o‘zida paykar borligini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar paykarni pulga sotib olganini ko‘rsa, kanizak sotib olishini bildiradi. Agar paykarga ega bo‘lganini, so‘ng paykarni yo‘qotib qo‘yganini yoki qo‘lidan tushib ketib, singanini ko‘rsa, xotinini taloq qilishini yoki xotini dunyodan ko‘z yumushini bildiradi. Agar o‘z paykarining chehrasini boshqa qiyofada ko‘rsa, ahvoli o‘zgarishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar o‘z haykalining ko‘rinishi xunuk bir holatga aylanganini ko‘rsa, ahvoli o‘zgaradi. Biroq yana o‘z asl shakliga qaytganini ko‘rsa, tavba qilishiga dalildir. Agar o‘zining haykalini zebu ziynatlangan holda ko‘rsa, barcha odamlar undan yuz o‘girishi va unga jabru jafo qilishlariga dalildir. Agar bir odam odamzodning haykalini hayvon haykali bilan almashtirayotganini ko‘rsa, o‘sha odamning mazhabi buzuq, o‘zi yolg‘onchi ekanini va Alloh ta’oloning sifatlari haqida biror yomon narsa aytishini bildiradi. Agar bir odamning haykali o‘z jinsidan bo‘lmagan biror narsaga aylanganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchiga og‘ir bir ish yuklanishi, bu ishda xayronlikda qolishini bildiradi. Tushdagi surat yolg‘on gapiradigan odamni bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda egar ko'rsa nima bo'ladi

EGAR (POLON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar xotinni bildiradi. Agar egarga ega bo‘lganini yoki biror kimsadan pulga sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishini bildiradi. Agar orqasida egar borligini ko‘rsa,...



Fikr qo'shish

Наверх