KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin olishiga va birinchi xotinini taloq qilishiga dalildir.
Agar o‘rinining o‘zgarib qolganini ko‘rsa, xotining ahvoli o‘zgarishiga dalildir. Agar o‘rin boshqa o‘rin bo‘lib qolgan bo‘lsa, boshqa xotin olishini va birinchisini taloq qilishini bildiradi. Agar ko‘rpa-to‘shagini sotib yuborganini ko‘rsa, xotinni taloq qilishini yoki unga g‘olib bo‘lishini yoxud ulardan birining o‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar bir kishi o‘zini noma’lum o‘rinda yotganini ko‘rsa, o‘sha o‘rinning qadru qiymati mikdoricha unga ziyon yetishiga dalildir. Agar uning ko‘rpasi noma’lum bir taxt ustida yozilganini va uning ustida o‘tirganini ko‘rsa, ulug‘lik va martaba topishiga va dushmanlari ustidan g‘olib bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin martaba hamda osoyishtalikni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar uzra yastangan hollarida (o‘tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir (ArRahmon surasi, 54-oyat). Agar ko‘rpa-to‘shagini xonadan tashqariga otib yuborganini, so‘ng yana xonaga olib kirganini ko‘rsa, u bilan xotini orasida raj’iy taloq26 tushishini bildiradi. Agar o‘zini tayyorlab qo‘yilgan o‘rnida uxlab yotganini ko‘rsa, pgu yil uning uchun muborak bo‘lishini bildiradi. Agar uning ko‘rpasi yung qo‘shib tayyorlangan bo‘lsa, boyvachcha xotin olishiga dalildir. Agar ko‘rpa-to‘shagini yirtilgan yoki kuygan holda ko‘rsa, ajali yaqin kelganini bildiradi va xotinining dini, diyonati va sharmi yo‘qligiga dalildir. Agar uning ko‘rpasi ipakdan ekanini ko‘rsa yoki zig‘irdan qilingan matoga almashtirganini ko‘rsa, fosiqa ayolni haydab yuborib, o‘rniga pokiza ayolni olishini bildiradi. Agar ko‘rpasini sichqon teshib yuborganini ko‘rsa, u bilan xotini o‘rtasida boshqa bir kishining o‘zaro muomilasi yuz beradi va bu buzuq ishga uning rozi bo‘lishini bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladiTOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Fikrlar 1