Tushda bulbul ko'rsa nima bo'ladi

BULBUL (HAZORDOSTON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul xushovoz va shirin so‘z farzand bo‘ladi, biroq holi zaif bo‘ladi, ilmu adab va bilim sohibi, odamlar uchun sevimli bo‘ladi. Tushida bulbul sovg‘a qilganlarini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi farzand tug‘ilishiga dalildir. Tushida birorta bog‘dan bulbul tutib olganini ko‘rsa, xushxulq va yaxshi so‘zli kishi bilan uchrashuv yuz berishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul xushovoz xotin bo‘ladi. Tushida bulbul sotib olganini ko‘rsa, xushovoz kanizak sotib olishiga dalildir. Tushida qo‘lidagi bulbul uchib ketganini ko‘rsa, xotiniga taloq berishiga dalildir. Agar qo‘lida bulbulni o‘lib qolganini ko‘rsa, farzandi yoki g‘ulomining o‘lishiga dalil bo‘ladi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul farzand, shirin so‘z va yoqimli ovoz bo‘ladi. Agar ko‘pgina bulbullarga ega bo‘lganini ko‘rsa, ularning mikdoriga muvofiq g‘ulomlar sotib olishini bildiradi. Agar bulbullarni so‘yib, go‘shtidan yeganini ko‘rsa, g‘ulomi meros topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bulbul besh narsani bildiradi: xotinni; farzandni; qozini; hakimni va xizmatkorni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda zaiflik, ojizlik ko'rsa nima bo'ladi

ZAIFLIK (ZAIFIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida boshining zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘sida nuqson yuz berishiga dalildir. Agar ko‘zi zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzati kam bo‘lishiga dalildir. Agar og‘zining zaif...

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda marvarid ko'rsa nima bo'ladi

MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх