MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik marvarid ilmu hikmat so‘zlariga dalildir. Boshqa ta’birchilar bo‘yicha, o‘g‘illar va qizlarga dalildir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, bunday marvarid xotinlarga va qizlarga dalildir. Tushida og‘zidan marvarid shodasi chiqqanini ko‘rsa, og‘zidan ilmu hikmatga oid so‘zlar qatorlashib chiqishiga dalildir. Tushida marvarid yeganini ko‘rsa, ilmu hikmat va tavhidni yashirishiga yoki Qur’onni esidan chiqarishiga dalildir.
Tushida uyida yoki ko‘chada marvarid shodalarining yoyilib yotganini ko‘rsa, ilm va hikmat haqida uning yozgan va tuzgan kitoblari ko‘p bo‘lishiga va odamlar uning so‘zlaridan ilm o‘rganishlariga dalildir. Tushida o‘tin o‘rniga marvarid yoqayotganini ko‘rsa, ilmu hikmat o‘rgatishga arzimaydigan odamlarga ilmu hikmat o‘rgatishiga dalildir. Tushida ko‘pgina marvaridi borligini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi dindor va porso bo‘lsa, uning dini va diyonatining ziyoda bo‘lishiga dalildir, agar boy bo‘lsa, boyligi ziyoda bo‘ladi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda olat ko'rsa nima bo'ladiIbn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda o'tin ko'rsa nima bo'ladiO‘TIN (HIZO‘M) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi quruq yoki ho‘l o‘tin xusumat va chaqimchilik bo‘ladi. Tushida uyiga o‘tin olib kelganini ko‘rsa, o‘tinning mikdoricha o‘sha shaharda yoki uyda jang va xususamt yuz berishiga dalildir. Tushida...
Tushda Qur'on ko'rsa nima bo'ladiQUR’ON (MUSHAF) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Qur’on ilm va hikmatni bildiradi. Tushida Qur’on sotib olganini ko‘rsa, tolibi ilm va donishmand bo‘lishiga dalildir. Tushida Qur’onni olovda yoqib yuborganini qursa, dinining buzilishiga...
Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladiQUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...