Tushda o'tin ko'rsa nima bo'ladi

O‘TIN (HIZO‘M) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi quruq yoki ho‘l o‘tin xusumat va chaqimchilik bo‘ladi. Tushida uyiga o‘tin olib kelganini ko‘rsa, o‘tinning mikdoricha o‘sha shaharda yoki uyda jang va xususamt yuz berishiga dalildir. Tushida begona bir odam unga o‘tin berganini ko‘rsa, o‘tinning miqdoricha begona odamlar bilan uning o‘rtasida jang va xusumat yuz berishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘rmon yoki daladan har xil o‘tinlarni yig‘ib yurganini ko‘rsa, bu odamning badkirdor, hasadchi va chaqimchi ekaniga va tezda baloga uchrashiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Shuningdek, o‘tin tashuvchi xotini ham. Bo‘ynida puxta eshilgan arqoni ham bo‘lur (Masad surasi, 4 —5-oyatlar). Tushida daraxtlardan o‘tin yig‘ib yurganini ko‘rsa, ulug‘ va muhtasham odamlar orasida uning imtihon qilinishiga va u esa tagi yo‘q gaplarni gapirishiga dalildir.

Agar o‘tin yig‘ayotgan daraxtlari mevali daraxtlar bo‘lsa, ulug‘ himmatli ulug‘ odamlar orasida bo‘lishi va e’tibor topishiga dalildir. Umuman, tushda ho‘l yoki quruq o‘tin ko‘rish yaxshi emas.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda shahar ko'rsa nima bo'ladi

SHAHAR (SHAHAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida shaharga kirganini ko‘rsa, dini kuchli bo‘lishiga dalildir. Agar din yo‘lida bir ishi bo‘lsa, shu ishi tugallanadi va maqsadiga yetadi, Agar shahardan chiqqanini yoki birov uni shahardan...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....

Tushda qiyomat ko'rsa nima bo'ladi

QIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх