Tushda nargis guli ko'rsa nima bo'ladi

NARGIS GULI (NARGIS) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi nargis dono, chiroyli va latofatli kishidir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nargis shirin so‘zga dalildir. Agar ayol kishi tushida nargis topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, chiroyli farzand tug‘ilishiga dalildir, agar eri bo‘lmasa, chiroyli erga tegishiga dalildir. Agar nargisni yerdan sug‘irib olganini ko‘rsa, xotinini taloq qiladi yoki farzandi o‘ladi. Tushida nargis gulini tanasidan uzib olganini va g‘ulomiga berganini ko‘rsa, g‘ulomining qochib ketishiga dalildir. Agar ayol kishi bir dasta nargisni eriga berganini ko‘rsa, eri taloq qilishiga dalildir.


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nargis uch narsani bildiradi: dono va chiroyli kishini; farzandni; do‘stligi uzoq davom etadigan do‘stni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda ot ko'rsa nima bo'ladi

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikr qo'shish

Наверх