Tushda shox (daraxt shohi) ko'rsa nima bo'ladi

SHOX (ShOX) (Daraxt shoxi) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shox farzandlar, aka-ukalar va qarindoshlar bo‘ladi. Agar tushda daraxt shoxini zich va ko‘p holda ko‘rsa, karindosh-urug‘lar ko‘payadi, aksincha ko‘rsa, qarindosh-urug‘lar kam bo‘ladi. Tushida o‘ziga qarashli daraxtning shoxini sindirib olganini ko‘rsa, o‘z yaqinini o‘zidan uzoqlashtirishiga dalildir. Agar daraxtning shoxi kamayganini ko‘rsa, qarindoshlaridan birining o‘limiga dalildir. Agar tushida xurmo shoxini yaxshi ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.


Agar tushida toza va nozik daraxt shoxini berganlarini, bergan kishi esa tanish ekanini ko‘rsa, o‘sha kishidan shox miqdoriga muvofiq xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Agar shox nozik va qurigan bo‘lsa, unga hech narsa yetmasligiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida unga achchiq meva qiluvchi daraxt shoxini berganlarini ko‘rsa, o‘sha bergan odamdan unga g‘am v a anduh yetishiga dalildir, agar shirin mevali daraxt shoxi bo‘lsa, xayru manfaat topishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...

Tushda urug'lar, urug' ekmoq ko'rsa nima bo'ladi

URUG‘LAR (TUXMHO) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi urug‘lar, agar nordon, achchiq va noxush bo‘lsa, bularning hammasi g‘am va andishaga dalolat qiladi. Biroq ta’mi shirin va yoqimli bo‘lsa, ozgina foydaga dalildir....

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх