Tushda cho'milish va yuvinish ko'rsa nima bo'ladi

CHO‘MILISH VA YUVINISH (G‘USL KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida daryo ichida cho‘milayotganini ko‘rsa, g‘am va anduhi kamayishiga dalildir. Agar bemor bo‘lsa, shifo topadi, qarzdor bo‘lsa, qarzidan uziladi, xavfda bo‘lsa, omon bo‘ladi, mahbus bo‘lsa, ozod bo‘ladi. Agar tushida suv bilan cho‘milayotganini, so‘ng yuzi va qo‘lini yuvganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir. Agar qo‘lini suv va ishqor bilan yuvganini ko‘rsa, agar do‘sti bo‘lsa, u bilan ajrab ketishiga dalildir. Agar jinsiy aloqadan so‘ng yuvinayotganini ko‘rsa, mashg‘uloti oxiriga yetishiga dalildir.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida jinsiy munosabatdan so‘ng yuvinish yolg‘ondan pok bo‘lishni bildiradi. Jinsiy munosabatdan so‘nggi yuvinish yoki cho‘milishdagi har qanday nuqson yoki ortiqchalik dindagi yolg‘onchilikka dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda suv ko'rsa nima bo'ladi

SUV (OB) Ibn Sirrin (r.a.)ning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o‘xshashlar ustida yurib ketayotganini ko‘rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo‘lishiga dalildir. Agar toza va shirin suvdan to‘yib-to‘yib ichganini...

Tushda yuvish va yuvinish ko'rsa nima bo'ladi

YUVISH VA YUVINISH (SHO‘STAN) Tushda bosh va tanni ariq, hovuz yoki daryo suvida yuvish g‘amdan najot va anduxdan xaloslikdir. Agar bu tushni mahbus ko‘rsa, ozod bo‘lishiga dalildir. Agar qarzdor kishi ko‘rsa, qarzidan qutilishiga dalildir. Agar...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх