Tushda tavba, istig'for, tavba qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

TAVBA (ISTIG‘FOR) Bilginki, istig‘for qilmoq astag‘furloh demoq bo‘lib, ma’nosi Xudoyi azza va jalladan gunohni kechirishni so‘ramoqdir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida istig‘for qilayotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’oloning unga obro‘, mol va farzandlar ato etishiga dalil bo‘ladi. Chunonchi, Kalomi majidda aytadi: Mag‘firat talab qilinglar robbilaringizdan, ul mag‘firat qiluvchidir (Nuh surasi, 10-oyat).


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda istig‘for aytmoq to‘rt narsalar dalil bo‘ladi: molga; farzandga; Xudoyi ta’olodan kechirishni so‘rashga; gunohlardan tavba qilishga.

TAVBA QILMOQ (TAVBA KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida tavba qilganini ko‘rsa, barcha gunohlari va ma’siyatlariga pushaymon bo‘lishi, Xudoyi ta’olo roziligi uchun yaxshi amallarni qilishi, dunyodan qo‘l tortishi va oxirat payida bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda tavba qilmoq to‘rt narsaga dalildir: gunohlardan pushaymonlikka; Xudoninig rizoligiga; oxirat yo‘liga; saodatga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladi

FATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх