Tushda muz ko'rsa nima bo'ladi

MUZ (YaX) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi muz g‘amu anduhni bildiradi, xususan, agar uni o‘z vaqtida ko‘rsa. Tushida muz yeganini ko‘rsa, ko‘p rizq topishiga dalildir. Tushida toza muzni o‘z uyiga olib borganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol yig‘ishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yozda toza muzni ko‘rsa, halol mol yig‘ishiga dalildir. Agar muz kir va achchiq bo‘lsa, harom mol yig‘ishiga dalildir. Agar qishda toza muzni ko‘rsa, hayotni xush o‘tkazishga, hayotidan foydalar ko‘rishiga, do‘stlarning ko‘ngli undan shod bo‘lishiga dalildir.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda sovuq yerlarda muzni ko‘rsa xayru manfaatga, tandurustlikka dalildir, issiq yerda qahat va ochlikka dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, sovuq yerlarda muz va chaqmoqni ko‘rish farovon ne’matga dalildir. Issiq mamlakatlarda qahat va anduhga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi muz olti narsani bildiradi: keng rizqni; tirikchilikni; molni; arzon narxni; g‘amu anduhni; ocharchilikni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda meva ko'rsa nima bo'ladi

MEVA (MEVA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi meva nordon va shirin bo‘lsa, xayru barakatga dalildir. Agar xom va achchiq bo‘lsa, behuda va sovuq so‘zlarga dalil bo‘ladi. Tushdagi qora uzum, oxo‘ri va zaytun g‘amu anduhga dalildir. Tushida...

Tushda nonlar ko'rsa nima bo'ladi

NONLAR (NONHO) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda pokiza nonlarni ko‘rsa, rohatni bildiradi. Agar non toza va pokiza bo‘lmasa, noxush hayotni bildiradi. Tushida non sotib olganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, xayru manfaatga va halol moldan...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...



Fikr qo'shish

Наверх