Tushda meva ko'rsa nima bo'ladi

MEVA (MEVA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi meva nordon va shirin bo‘lsa, xayru barakatga dalildir. Agar xom va achchiq bo‘lsa, behuda va sovuq so‘zlarga dalil bo‘ladi. Tushdagi qora uzum, oxo‘ri va zaytun g‘amu anduhga dalildir. Tushida daraxtdan meva terib olganini ko‘rsa, uning mikdoricha bir ulug‘ odamdan mol topishiga dalildir. Tushida o‘tirib olib daraxtdan meva terayotganini ko‘rsa, topgan narsasi halol va loyiq bo‘lishiga dalildir. Tushida qo‘lini daraxtga uzatmasa ham, daraxtdan mevaning uzilib tushganini ko‘rsa, mashaqqatsiz halol mol topishiga dalildir. Agar daraxtdan meva uzib olganini ko‘rsa, agar bu o‘z vaqtida bo‘lsa, zarar emas, halol rizqqa dalil bo‘ladi, agar bevaqt bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.


Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, har qanday meva bo‘lmasin, tushda uni o‘z faslida ko‘rsa va yesa, uning mikdoricha boylik topishiga dalil bo‘ladi, agar o‘z faslida bo‘lmasa, moli tirqirab ketishiga dalildir. Har bir daraxtdan mevasi daraxtning yaxshi yoki yomonligiga bog‘liq bo‘ladi. Sariq rangli mevalar bemorlikka dalildir, faqat sariq mevalardan turunj, behi va o‘rik bundan mustasnodir. Nordon mevalar g‘amu anduh bo‘ladi.
Yangi mevalar, agar yetilib pishgan va shirin bo‘lsa va o‘z vaqtida ko‘rilsa, halol rizqqa dalil bo‘ladi. Yetilmagan yoqimsiz mevalar harom mol yoki g‘amu musibatga dalil bo‘ladi. Tushida yozgi mevani qishda yeganini ko‘rsa, bemor bo‘lishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shirin meva, agar bevaqt ko‘rilsa, g‘amu anduhni bildiradi. Tushida tomoqni oladigan (o‘ta shirin) meva o‘z vaqtida ko‘rilmagan bo‘lsa, ishlarning izdan chiqishiga va maishatining torayishiga dalildir.

Tushdagi ko‘proq, xushbo‘yroq va shirinroq bo‘lgan har qanday mevaning xayru manfaati ko‘proq bo‘ladi.

Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida meva sotayotganini ko‘rsa, agar u odamlar sevadigan meva bo‘lsa, ulug‘ bir ishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Tushida nordon va yoqimsiz meva sotayotganini ko‘rsa, g‘am, anduh va ranj bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida mevafurushlik qilganini, mevalari yoqimli va shirin ekanini ko‘rsa, zarar va yomon bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda uzum ko'rsa nima bo'ladi

UZUM (ANGUR) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, qora uzumni o‘z vaqtida yeyish g‘amu qayg‘u bo‘ladi, bevaqt yesa vahima va qo‘rqinchdir. Ta’birchilarning aytishlaricha, yegan har bir donasi barobarida tayoq yoki qamchi yeydi. Oq uzumni o‘z vaqtida...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх