Tushda mird o'simligi ko'rsa nima bo'ladi

MIRT O‘SIMLIGI (MURD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt o‘simligi ozoda, tabiati pok, chiroyli, aqli komil, do‘stlikka arziydigan odamlardir. Tushida mirtga ega ekanligini ko‘rsa, aytilgan turdagi odam bilan suhbat qurishiga va undan foydalar olishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida mirt daraxti singanini yoki joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, aytilgan turdagi odamning suhbatidan judo bo‘lishiga dalildir.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt ko‘p molu ne’mat bo‘ladi, Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, mirt solih farzand bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mirt to‘rt narsani bildiradi: oqil ijarachilarni; solih farzandni; ko‘p mol va foydani.

Agar ayol kishi tushida bir dasta bog‘langan mirtni eriga berganini ko‘rsa, ularning nikohi mustahkam bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda tosh ko'rsa nima bo'ladi

TOSh (SANG) Kirmoniyning aytishicha, tushdagi tosh ikki narsani bildiradi: molnii va boshliqni. Tosh qanchalik muloyim va yumshoq bo‘lsa, foydasi shunchali ko‘proq bo‘ladi. U qanchalik qattiq bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi. Agar oq toshni qo‘lga...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх