Tushda ko'shk ko'rsa nima bo'ladi

KO‘SHK (KO‘SHK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘shk ustida ekanini ko‘rsa, xususan ko‘shk xom g‘isht va loydan qurilgan bo‘lsa, molu davlatga dalildir. Agar ko‘shk loy va pishik g‘ishtdan qurilgan bo‘lsa, mol topishiga, biroq dinida nuqson bo‘lishiga dalildir. Tushida podshoh unga ko‘shk in’om qilganini ko‘rsa, podshohdan boylik topishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘shki vayron bo‘lganini ko‘rsa, moli sovurilishiga dalildir. Tushida ko‘shkiga olov tushganini ko‘rsa, podshoh uni musodara qilishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘shk sakkiz narsaga dalildir: ne’matga; martabaga; yaqinlikka; rayosatga; ulug‘vorlikka; podshohlikka; tinchlikka; ko‘shkning balandligi va chiroyiga qarab shodlik va xurramlikka.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o’qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo’lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g’arb tomonga qarab namoz...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх