Tushda kaltaklash ko'rsa nima bo'ladi

KALTAKLASH (ZADAN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushida qamchi bilan urishayotganini va qamchi izi badanida qolayotganini ko‘rsa yoki qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, savalayotganlarini, natijada badanidan qon oqayotganini ko‘rsa, bularning barchasi yomondir. Bu tush biror kimsa uni tili bilan xafa qilishi va chiqqan qon mikdoriga muvofiq g‘amgin bo‘lishiga ham dalolat qiladi.

Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida qo‘l-oyog‘ini bog‘lamay, qamchi bilan urayotganlarini, badanidan esa qon ravon bo‘layotganini, badani qon bilan bo‘yalganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar jarohat sababli holsizlik yuz berganini ko‘rsa, holsizlik miqdoriga muvofiq har kimdan foyda olishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, bir kishi yelkasiga qamchi bilan urganini va u yerdan qon oqayotganini ko‘rsa, o‘sha kishidan mol topishiga yoki urgan odamni bir gunoh bilan ayblashiga dalildir. Agar yelkasida jarohat borligini va uni kim urganini bilmasa, uning diniy va dunyoviy ishlari yaxshi bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar birovni qamchi bilan urganini va qamchi porapora bo‘lib ketganini ko‘rsa, oilasi parokanda bo‘lishiga dalildir. Agar birov tayoq bilan urganini ko‘rsa, bir dini buzuq va munofiq odam sababli g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar muhtasibni olib ketganini va urganini ko‘rsa, podshoh ish berishi va ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar bir kishi uni kesak bilan urganini ko‘rsa, unga qandaydir foyda hosil bo‘lishiga dalildir.


Agar birov yelkasiga kesak bilan urganini ko‘rsa, biror kishi unga nasihat qilishiga dalildir. Agar birov uni musht bilan urganini ko‘rsa, uruvchidan unga urilgan zarbning kuchiga yarasha zarar yetishiga dalildir. Agar kimdir uni shapaloq bilan urganini ko‘rsa, birovdan yomon so‘z eshitishi va obro‘yi ketishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, birov uni urganini ko‘rsa va nima sababdan urganini bilmasa, mol topishi va yangi kiyim kiyishiga dalil bo‘ladi, agar qo‘l-oyog‘i bog‘langan bo‘lsa, biroq uruvchini tanimagan bo‘lsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. Agar biror kishi uni tayoq yoki qamchi bilan urganini, uruvchi tanish kishi ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchidan o‘sha odamga biror narsa yetishi dalil bo‘ladi, tush ko‘ruvchiga esa yaxshi bo‘lmaydi.

Ismoil Ash’asning aytishicha, qandaydir o‘lik uni urayotganini ko‘rsa, safardan foyda topishiga yoki qo‘lidan ketgan narsaning qaytib qo‘liga kelishiga dalildir. Agar o‘zining o‘lik ekanini va uni urishayotganini ko‘rsa, dini baquvvat bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, qarzidan qutuladi. Agar o‘zi murdani urayotganini va bu urishdan o‘zi rozi ekanini ko‘rsa, o‘sha murdaning ahvoli oxiratda yaxshi bo‘lishiga dalildir.

Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi urish va kaltaklash olti narsani bildiradi: shafoatni; janjalni; mushkil ishning hal bo‘lishini; safarni; sharaf va ulug‘likni; harom molni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladi

OYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda toziyona ko'rsa nima bo'ladi

TOZIYONA Doniyol (a.s.) aytadilarki, har kim tushida charxlab, silliqlangan toziyonaga ega ekanini ko‘rsa, ishlari uning maqsadi va niyatiga muvofiq bo‘lmasligini bildiradi....

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...



Fikr qo'shish

Наверх