Tushda toziyona ko'rsa nima bo'ladi

TOZIYONA Doniyol (a.s.) aytadilarki, har kim tushida charxlab, silliqlangan toziyonaga ega ekanini ko‘rsa, ishlari uning maqsadi va niyatiga muvofiq bo‘lmasligini bildiradi.

Agar toziyonasi charxlangan va silliqlangan bo‘lmasa, toziyonaning hajmiga muvofiq sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir.
Ba’zilarning aytishicha, tushdagi toziyona tush ko‘ruvchining qadre’tiboriga muvofiq andakkina molni bildiradi. Agar toziyonaning tutqichi uzilib ketganini ko‘rsa, moli hamda ulug‘ligi barbod bo‘lishini bildiradi.

Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida bir kishini toziyona bilan urganini ko‘rsa, biror ishga mashg‘ul bo‘lishini va o‘sha kishidan unga hech bir foyda yetmasligiga dalildir.

Agar toziyonani tashlab yuborganini ko‘rsa, qo‘lida bo‘lgan ishini tashlab yuborishiga dalildir. Agar o‘zini toziyona bilan urayotganlarini va badanidan qon oqmayotganini ko‘rsa, noxush so‘zlar eshitishiga dalildir. Agar qon oqayotganini ko‘rsa, har bir toziyona evaziga bir diram pul topishini bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, o‘zini toziyona bilan urganlarini ko‘rsa, urgan kishidan harom mol topadi. Agar toziyonadan yetgan yaradan qon oqib ketayotganini ko‘rsa, mol topishini bildiradi.

Agar toziyonadan yetgan zahm tanda qolganini ko‘rsa, noxush so‘z eshitishiga dalildir. Agar uni toziyona bilan ursalar, u esa kim urganligini bilmasa, qo‘liga tasodifan mol tushishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qo‘lida chiroyli toziyona borligini ko‘rsa, yaxshi farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar yog‘ochdan qilingan toziyonani ko‘rsa, uning quvvatiga dalil bo‘ladi. Agar toziyonaning charmdan qilinganini ko‘rsa, unga xayru manfaat yetishiga dalildir. Agar toziyona qo‘lida singanini ko‘rsa, farzandining o‘lishiga yoki o‘z ishidan olinishiga dalildir. Agar otga o‘tirganini va toziyona bilan urayotganini ko‘rsa, bir odamni o‘rniga ish qilishi va bu ishdan unga minnat yetishini bildiradi. Agar bir odamning orqasiga toziyona bilan urganini va urgan joyidan qon chiqqanini ko‘rsa, o‘sha kishi harom mol topishini yoki tush ko‘ruvchi bir gunoh bilan unga tuhmat qilishini bildiradi. Agar bir kishi o‘z orqasida toziyonadan yetgan zaxm borligini ko‘rsa, va kim urganini bilmasa, diniy va dunyoviy ishlari mukammal bo‘lishini bildiradi. Agar bir kishiga toziyona urganini va u pora-pora bo‘lib ketganini ko‘rsa, ahli oilasi tarqab ketishiga dalil bo‘ladi.

Agar bir odamga hisobsiz toziyona urganini ko‘rsa, unga qayg‘u g‘am yetishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, bir odam tushida o‘z uyida turgan bo‘lsa, qo‘lida toziyonasi bo‘lib, toziyona qisqarib qolsa, so‘ng yana uzayib qolsa, dushmanlarga nisbatan tili uzun bo‘lishini bildiradi. Agar uzun bo‘lsa-yu qisqarib qolganini ko‘rsa, dushman uning ustidan g‘alaba qilishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi toziyona besh narsani bildiradi: qarakatni; jadal qilmoqni; mushkul ishlarning qal bo‘lishini; ayrilishga sabab safarni; ulug‘lik va molu-davlatni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda ot ko'rsa nima bo'ladi

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...



Fikr qo'shish

Наверх