Tushda za'faron ko'rsa nima bo'ladi

ZA’FARON (ZA’FARON) Ibn Sirinning aytishicha, biror kishi o‘zida za’faron borligini ko‘rsa, za’faronning miqdoriga muvofiq odamlar unga maqtov so‘zlarini aytishiga dalildir, xususan, za’faron yanchilmagan bo‘lsa. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Za’faronning rangi libosida yoki badanida qolganini ko‘rsa, bu ham bemorlikka dalildir. Za’faron rangini badanidan yuvayotganini ko‘rsa, bemorlikdan shifo topishiga dalildir.


Kirmoniyning aytishicha, yanchilmagan za’faron sotib olganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, boyvachcha xotin olishiga dalildir. Za’faron rangli libos g‘am va anduhga dalildir. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bu ham g‘am va anduhga dalildir. Agar qopda za’faroni borligini ko‘rsa, ne’mat hosil bo‘lishi va odamlardan madhu sano eshitishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...



Fikr qo'shish

Наверх