Tushda jang qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

JANG QILMOQ (JANG KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida odamlar yoki hayvonlar bilan jang qilayotganini ko‘rsa, agar bular bir jinsdan bo‘lsalar, g‘olib bo‘lgan jang dushman ustidan zafar topadi.

JANG QILISH (KOR-ZOR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jang o‘lat (to’un) kasalligi bo‘ladi. Tushida jang qilayotganini ko‘rsa, o‘lat illatidan unga xavf borligiga dalildir. Agar jangda dushmanni yengganini ko‘rsa, o‘latdan xalos topishiga dalildir. Agar jangda dushman uni qo‘lga olsa, o‘latdan halok bo‘lishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida jangda kim bilandir qilich ko‘tarib jang qilayotganini va ulardan biri qilich urishga fursat topganini ko‘rsa, xusumatga dalil bo‘ladi va fursat topganga g‘alaba yor bo‘ladi. Agar jangda nayza bilan urishayotgan bo‘lsa, unga ham mazkur ta’bir bo‘ladi. Agar tiru kamon bilan jang qilayotgan bo‘lsa ikki orada og‘zaki tortishuv yuz berishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda jimo, qo'shilish, qovushish, jinsiy aloqa ko'rsa nima bo'ladi

JIMO’ (jinsiy aloqa) QILMOQ Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi jimo’ (jinsiy aloqa) hojatlarni yuzaga chiqishidir, xususan o‘zidan maniy (urug‘) ajrab chiqqanini ko‘rsa....

Tushda kalta nayza, nayza ko'rsa nima bo'ladi

KALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх