DARYO Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi, daryo podshoh yoki ulug‘ olim bo‘ladi. Daryo suvi ravshan, toza va xushta’m bo‘lsa, porso, odil va sofdil podshoh bo‘ladi. Daryo suvi noxush va bemaza bo‘lsa, zolim va yomon podshoh bo‘ladi. Daryo suvidan ichsa, podshohdan izzat va ulug‘lik topadi yoki biror olimdan bahramand bo‘ladi. Daryo suvidan olib, ko‘zaga quyayotganini ko‘rsa, o‘sha mikdorda podshohdan manfaat topadi. Daryoga tushib ketsa va badani loyga belansa, podshohdan unga g‘amu anduh yetadi. Badanini loydan yuvib tozalasa, g‘amu anduh undan zoyil bo‘ladi.
Daryo suvida suzayotganini ko‘rsa, podshoh uni hibsga oladi. Daryodan suzib daryodan chiqqanini ko‘rsa, hibsdan ozod bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
Daryoda cho‘kib o‘lganini ko‘rsa, din ishlariga g‘arq bo‘lishiga dalildir. Uzokdan daryoni ko‘rsa, biroq oldiga bormasa, ko‘zlagan maqsadiga yetishiga dalil bo‘ladi. Daryo ustida yurib ketayotganini, biroq oyog‘i ho‘l bo‘lmayotganini ko‘rsa, Do‘zax o‘tidan omon bo‘lishiga va dunyo ishlari uning uchun oson bo‘lishiga dalolat qiladi. Daryoning o‘rtasiga borganini ko‘rsa, ishlarida xatar borligiga dalildir. Daryodan chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga belgidir. Daryodan suv ichganini, suv esa sovuq ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining o‘zi olim bo‘lsa, hayotdan to‘la bahramand bo‘ladi, agar ko‘ruvchi olim bo‘lmasa, aksincha bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Ayting (ey Muhammad): Bordiyu dengiz (suvi) Rabbimning so‘zlari (ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh bo‘lsa va yana shuncha siyoh keltirsak ham, Rabbimning so‘zlari bitishidan ilgari u dengizlar tugab bitar (Kahf surasi, 109-oyat).
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda kema, qayiq ko'rsa nima bo'ladiKEMA (KESHTIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi kema g‘am va o‘y yoki qamoq yoxud ranj va balo keltiruvchi bir ishga dalildir, xususan, kema daryodan chiqmagan yoki daryo suvi ichida qolgan bo‘lsa....
Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladiOYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda suv ko'rsa nima bo'ladiSUV (OB) Ibn Sirrin (r.a.)ning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o‘xshashlar ustida yurib ketayotganini ko‘rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo‘lishiga dalildir. Agar toza va shirin suvdan to‘yib-to‘yib ichganini...