KEMA (KESHTIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi kema g‘am va o‘y yoki qamoq yoxud ranj va balo keltiruvchi bir ishga dalildir, xususan, kema daryodan chiqmagan yoki daryo suvi ichida qolgan bo‘lsa.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kema ichida ekanini va undan sog‘-salomat chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga dalildir. Agar tushida kemaning daryodan halok bo‘lganini ko‘rsa, birorta qavm tomonidan xalok bo‘lishiga dalildir.
Agar tushida kemasi yer ustida qolganini ko‘rsa, ranju baloga mubtalo bo‘lishi, oxiri qutilishiga dalildir. Tushida kemaning g‘arq bo‘lganini va o‘zi salomat qolganini ko‘rsa, moli talon-taroj bo‘lishiga, o‘zining sog‘ qolishiga dalildir. Agar tushida kema singanini va barcha g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, katta musibatga mubtalo bo‘lishini bildiradi. Tushida kemaning baland joyiga o‘tirib olganini va kema esa suvda yurib ketayotganini ko‘rsa, ulug‘ podshohlardan yaqinlik va izzat hosil bo‘lishiga dalildir. Agar daryo o‘rtasida kemalar ketayotganini ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Uning dengizda (yelkanlari) tog‘lar kabi baland ko‘tarilgan kemalari ham bordir (Ar-Rahmon surasi, 24-oyat). Agar kemada o‘tirganini, bu unga yoqayotganini, kemani yaxshi yurgizayotganini ko‘rsa, g‘amu qayg‘udan qutilib, shod bo‘lishini bildiradi. Tushida kemaning to‘xtab turganini va har tomondan to‘lqin kemaga urilayotganini ko‘rsa, o‘lim xavfi bo‘lgan qiyinchilik unga yuzlanishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib hamda har tomondan to‘lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: Agar shundan bizni xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo‘lurmiz! deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar. . . (Yunus surasi, 22-oyat). Tushida oldinda kema ketayotganini va u kemaga yeta olmayotganini ko‘rsa, bir og‘ir ishga mubtalo bo‘lishi va oxiri xalos bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: So‘ng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilib qo‘ydik (Ankabut surasi, 15-oyat). Agar tushida kema yonida dengizga borganini ko‘rsa, safarga borishi va ko‘p foyda va mol topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Ey, insonlar,) Rabbingiz Uning fazlidan (rizq) izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qo‘ygan zotdir. Darhaqiqat, U sizlarga rahmlidir (Isro surasi, 66-oyat). Agar kemalarning ichida hech narsa yo‘qligini va barchasi bo‘sh ekanini ko‘rsa, podshoh o‘z elchilarini biror yerga jo‘natishiga dalildir. Agar kemalar g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, podshoh o‘z elchilarini qaytarishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda daryo ko'rsa nima bo'ladiDARYO Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi, daryo podshoh yoki ulug‘ olim bo‘ladi. Daryo suvi ravshan, toza va xushta’m bo‘lsa, porso, odil va sofdil podshoh bo‘ladi. Daryo suvi noxush va bemaza bo‘lsa, zolim va yomon podshoh bo‘ladi. Daryo suvidan...
Tushda yer, zamin ko'rsa nima bo'ladiYER (ZAMIN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yer xotinni bildiradi. Agar tushida katta va keng yeri borligini ko‘rsa, buning barisi diydor va yuz ko‘rishishga dalildir. Agar o‘sha yer toza bo‘lsa, uning soliha xotinlari bo‘lishi va...
Tushda suv ko'rsa nima bo'ladiSUV (OB) Ibn Sirrin (r.a.)ning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o‘xshashlar ustida yurib ketayotganini ko‘rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo‘lishiga dalildir. Agar toza va shirin suvdan to‘yib-to‘yib ichganini...
Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladiTOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...