Tushda bo'yamoq ko'rsa nima bo'ladi

BO‘YAMOQ (XUZOB KARDAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda soqolni bo‘yash ishlarning sirini yashirishdir. Tushida soch va soqolni bo‘yaganini, biroq soch va soqol rangni qabul qilmayotganini ko‘rsa, odamlarga ishning zohir (tashqi) tomonini ko‘rsatishiga dalildir. Agar rang olganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘ladi, biroq uning ishlari yashirin holda qoladi.

Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida odamlar rang berayotgan narsalarni u ham ranglayotganini ko‘rsa, o‘zini mahol va yoqimsiz ishlar bilan band qilishiga dalildir. Agar qo‘l va oyog‘ini bo‘yayotganini tush ko‘rsa, qo‘lidan ketgan moli qayta qo‘liga kelishini bildiradi. Tushida har ikki qo‘liga xina bog‘laganini ko‘rsa, o‘z bolalarini shari’atga zid bo‘lgan narsalar bilan bezatishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qo‘liga oro berib, xina bilan bo‘yayotganini ko‘rsa, u odam o‘z kasbu korida makru hiyla ishlatishiga dalil bo‘ladi.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘l va oyog‘ini xina bilan bo‘yaganini ko‘rsa, odamlar afsus aytadigan bir ish qilishiga dalildir. Tushida barmoqlarining uchini xina qilayotganini ko‘rsa, tasbih aytishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda zanjir, zanjirlamoq ko'rsa nima bo'ladi

ZANJIR (ZANJIR) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni urib, otib yuborganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishi va Xudoyi ta’ologa qaytishiga dalildir....

Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladi

OYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх