Tushda luqma ko'rsa nima bo'ladi

LUQMA (LUQMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uning og‘ziga shirin taomdan bir luqma solib qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga shirin bir so‘z aytishiga dalildir. Agar luqma qattiq va nordon bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘ziga shirin va laziz luqma solinganini ko‘rsa, agar bu odam solih kishi bo‘lsa, halol mol topishiga dalildir. Agar og‘ziga issiq luqma solinganini ko‘rsa, kimningdir so‘zidan baloga tushishiga dalildir. Agar luqma og‘zida oson turganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘izdagi luqma uch narsani bildiradi: bo‘sa olishni; shirin so‘z aytishni; luqma miqdoriga muvofiq foyda ko‘rishni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda luqma, ovqat, yegulik ko'rsa nima bo'ladi

LUQMA (LUQMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uning og‘ziga shirin taomdan bir luqma solib qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga shirin bir so‘z aytishiga dalildir....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...



Fikr qo'shish

Наверх