LATCHA (ROSU) (ariq sichqoni) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi latcha (ariq sichqoni) o‘g‘ri bo‘ladi. Tushida latchani tutib olganini yoki o‘ldirganini ko‘rsa, o‘g‘rini tugib olishi va yengishni bildiradi. Tushida latcha go‘shtini yeyayotganini yoki uning a’zosidan birortasini qo‘lida turganini ko‘rsa, o‘g‘irlangan molni o‘g‘ridan tortib olishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida latcha uni tishlab olganini ko‘rsa, kasal bo‘lib, oxiri shifo topishiga dalildir. Tushida latcha bilan olishayotganini va unga g‘olib kelganini ko‘rsa, o‘g‘riga yopishishi va uni yengishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda latchani ko‘rish uch narsaga dalildir: o‘g‘riga; g‘amu anduhga; kasallikka.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladiGO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....
Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladiILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang...
Tushda latcha, ariq sichqoni ko'rsa nima bo'ladiLATCHA (ROSU) (ariq sichqoni) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi latcha (ariq sichqoni) o‘g‘ri bo‘ladi. Tushida latchani tutib olganini yoki o‘ldirganini ko‘rsa, o‘g‘rini tugib olishi va yengishni bildiradi. Tushida latcha go‘shtini...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...