Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladi

ILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang qilayotganini ko‘rsa, dushman bilan janjalni bildiradi. Agar ilon unga yopishib olganini ko‘rsa, dushmanni yengolmasligiga dalildir. Tushida ilon chaqib olganini ko‘rsa, dushmandan zarar topishini bildiradi. Tushida ilonni o‘ldirganini ko‘rsa, dushmanga qahr qilishiga dalildir. Tushida ilonning go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha dushman molini yeyishi, yaxshilik va xurramlik ko‘rishini bildiradi. Agar ilonni ikkiga bo‘lib qo‘yganini ko‘rsa, dushmandan o‘ch olishini bildiradi. Agar o‘sha ikki bo‘lakni qo‘lga olsa, dushman molini qo‘lga olishiga dalildir. Tushida ilon u bilan muloyim ohangda so‘zlashganini ko‘rsa, hayotida uni xurram va shod qiladigan bir ish yuz berishiga dalildir. Agar ilon u bilan qo‘pol va xunuk ohangda so‘zlashganini qo‘rsa, dushman uni yengishiga dalildir.


Agar tushida o‘lgan ilonni ko‘rsa, Haq subhonahu va ta’olo yomonlik va ofatdan uni qutqarishiga dalildir. Tushida ilon unga itoatkor ekanini ko‘rsa izzat va uluglik topishiga dalildir. Agar ilon o‘zidan qochganini ko‘rsa zaif dushmanga dalildir. Tushida yashil ilonni ko‘rsa, dushmani dindor va omonatkor ekanini bildiradi.

Tushida qora va boshqa rangdagi ilonlarni ko‘rsa, makkorga dalil bo‘ladi. Tushdagi ilon sariq bo‘lsa, kasalvand dushmanga dalildir. qizil bo‘lsa, o‘yin-kulgi va ishratni sevadigan dushmanga dalildir. Tushida oyog‘i bir ilonni ko‘rsa, kuchli va botir dushmanga dalildir. Tushida oldida ko‘pgina ilonlarning turganini va unga ziyon yetkazayotganini ko‘rsa, dushman o‘z qarindoshlaridan ekaniga dalildir, biroq ular zarar yetkazolmaydilar. Tushida shoxlari va tishlari bor ilonlarni ko‘rsa, dushmanning ginasi va ichi buzuq ekaniga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ilon uning burnidan, qulog‘idan, emchagidan, olatidan yoki orqasidan chaqib ketganini ko‘rsa, farzandi o‘z dushmani bulishiga dalildir. Agar ilon uning og‘zidan chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga zarar bo‘ladigan bir so‘z aytishiga dalildir.

Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq ilon dushman bo‘ladi, qora ilon esa lashkarboshini bildiradi. Tushida ilondan qo‘rqib qochganini, biroq ilon uni sezmay qolganini ko‘rsa, orom va xurramlikka dalildir. Tushida ilon uni ushlab olganini, biroq zarar yetkazmaganini ko‘rsa, ulug‘lik topishi va dushmandan omon bo‘lishiga dalildir.

Xalafi Isfahoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yashil ilon unga itoatkor ekanini ko‘rsa, xazina topishiga dalildir. Agar tushida yengidan ilon chiqib ketganini ko‘rsa, farzandi o‘z dushmani bo‘lishiga dalildir. Tushida ilonni o‘ldirib, qonini o‘ziga surkayotganini ko‘rsa, dushman molini topishiga dalildir. Agar yotadigan o‘rnida ilonni o‘ldirsa, xotinining o‘lishini bildiradi. Ilon yoqasi ichidan yoki og‘zidan chiqib, yerga tushganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon o‘nta narsaga dalildir: yashirin dushmanga; hayotga; salomatlikka; podshohlikka; lashkarboshilikka; xotinga; boylikka; o‘limga; o‘g‘ilga va selga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх